RASMAN: Intel’ning modem biznesini Apple naq milliard dollarga sotib oldi

  •   DiMaX
  •  579
  •  26.07.2019 11:24

RASMAN: Intel’ning modem biznesini Apple naq milliard dollarga sotib oldi

Intel o‘zining modem ishlab chiqarish biznesini bir milliard dollar evaziga kupertinolik korporatsiyaga sotdi. Mazkur xarid doirasida 2200 nafar xodim, mobil modemlar ishlab chiqarish jihozlari, patentlari va texnologiyalari ham Apple tasarrufiga o‘tdi.

O‘QING: Apple bilan Qualcomm o‘zaro yarashib, Intel va Huawei’ni «o‘yindan chiqarishdi»

Aytish kerakki, Intel faqat smartfonlar modemlari biznesini sotdi; u kompyuterlar, buyumlar interneti qurilmalari, mashinalar avtopilotlari va boshqa yo‘nalishlarga mo‘ljallangan modemlarni ishlab chiqarishda davom etishi mumkin.

Apple mazkur kelishuv tufayli o‘zining simsiz texnologiyalar doirasidagi patentlari safini kengaytirib oldi, endi u iPhone’lar uchun modemlarni o‘zi ishlab chiqarishi mumkin. Shu tariqa, kupertinolik kompaniya ancha mablag‘ni tejash va Intel texnologiyalari sharofati bilan 5G tarmog‘iga tezroq o‘tish imkonini qo‘lga kiritdi.

Lekin 2020 yili taqdim etiladigan 5G’ni qo‘llab-quvvatlovchi iPhone’larda hali Qualcomm va boshqa hamkorlarning modemlari qo‘llansa kerak. Zero, Apple va Intel o‘rtasidagi bitim 2019 yilning to‘rtinchi choragida yakuniga yetadi, kompaniya o‘zining yangi modemini ishlab chiqishiga ham birmuncha vaqt kerak bo‘ladi.

O‘QING: 12 yillik barcha iPhone’lar narxlarini bitta ro‘yxatda taqqoslaymiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.