RASMAN: Internet va telefon ikki oygacha o‘chmasligi kimlarga taalluqli?

  •   DiMaX
  •  2591
  •  27.03.2020 15:06

RASMAN: Internet va telefon ikki oygacha o‘chmasligi kimlarga taalluqli?

Vazirlar Mahkamasining «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 176-son qarori 2-bandi, 7-xatboshisi bo‘yicha tushunmovchilik holatlari yuzaga kelmoqda. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2 oy davomida internet va telefon o‘chirilmasligi haqidagi Vazirlar Mahkamasi qarorining bandiga rasmiy izoh berdi.

O‘QING: Internet ikki oy tekin bo‘ladimi? «O‘zbektelekom» aniqlik kiritdi

Vazirlik axborotida, jumladan, shunday deyiladi:

«Mazkur qarorga ko‘ra, litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari, ikki oy davomida simli telefon aloqasi (xalqaro telefon so‘zlashuvlardan va mobil aloqasidan tashqari) hamda Internet jahon axborot tarmog‘iga simli va simsiz ulanish xizmatlari uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagan hollarda abonentlar tarmoqdan o‘chirilmasligi ta’minlanadi».

Demak, xulosa:

- internet bo‘yicha barcha provayderlar mijoz to‘lov qilmasa ham internetni o‘chirib qo‘ymaydi, qarzga hisoblab boraveradi;

- telefonda esa faqat simli telefonlar o‘chirilmaydi, mobil telefon operatorlariga (Beeline, Mobiuz, Perfectum, Ucell, Uzmobile) buning aloqasi yo‘q.

Ammo uyali aloqa operatorlari ko‘plab axborot va ta’lim saytlariga kirishni bepul qilib qo‘yishgan va biz ularning to‘liq ro‘yxatini e’lon qilganmiz.

Shuningdek, O‘zbekistonning «Koronavirus info» kanalini Telegram rasman tasdiqlagani, koronavirus haqida rasmiy sayt ishga tushganligi, koronavirus to‘g‘risida tarmoqlarda tarqalgan 7 yolg‘on, u haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan yurtdoshimiz jarimaga tortilgani haqidagi xabarlar ham sizni befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.

O‘QING: Koronavirus tufayli O‘zbekistonda yana beshta ommabop telekanal ochiq rejimda tarqatiladi