RASMAN: iOS 14’gacha yangilanuvchi iPhone’lar ro‘yxati chiqdi!
22 iyun kuni bo‘lib o‘tgan WWDC 2020 tadbiri doirasida iOS 14 operatsion tizim talqini namoyish etildi. Bundan tashqari, Apple korporatsiyasi ushbu proshivkani qabul qiluvchi qurilmalar ro‘yxatini ham e’lon qildi.
O‘QING: Eng kichik iPhone 12 naq 128 GB xotirali bo‘lib, 64 GBlik iPhone 11 narxida sotiladi!
Unga ko‘ra, o‘tgan yili iOS 13 talqinini o‘rnatib olgan barcha smartfonlar (va bitta musiqiy pleyer) uchun o‘n to‘rtinchi avlod operatsion tizim ham tarqatiladi.
Shunday qilib, ularning ro‘yxati quyidagicha:
- iPhone SE (2020)
- iPhone 11
- iPhone 11 Pro
- iPhone 11 Pro Max
- iPhone XS
- iPhone XS Max
- iPhone XR
- iPhone X
- iPhone 8
- iPhone 8 Plus
- iPhone 7
- iPhone 7 Plus
- iPhone 6S
- iPhone 6S Plus
- iPhone SE
- iPod touch (7 Gen)
Aytish kerakki, yakuniy versiyadagi iOS 14 relizi hali sentyabrda bo‘lib o‘tadi. Yuqoridagi ro‘yxatga kirgan qurilmalar egalari esa keyingi oydanoq ochiq beta-testlarda uni o‘rnatib olib, ishlatib ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
O‘QING: Narkobaronning akasi Apple’ni sudga berib, o‘zi atigi 499 dollardan tilla iPhone 11 Pro sotyapti!