RASMAN: Keyingi haftadayoq chiqayotgan Redmi K20 Pro’ning ekrani daktiloskopli va «beli baquvvat»!

  •   DiMaX
  •  2637
  •  08.05.2019 12:40

RASMAN: Keyingi haftadayoq chiqayotgan Redmi K20 Pro’ning ekrani daktiloskopli va «beli baquvvat»!

Xiaomi kompaniyasining Redmi brendi eng zo‘r Snapdragon 855 protsessorli eng arzon flagmanni namoyish etishga tayyorlanmoqda. insayderlar uning Redmi X, Redmi 855, Redmi Pro 2 va hatto Redmi Q deb atalishini aytishgan, ammo...

O‘QING: Xiaomi’ning Snapdragon 855 chipli arzon flagmani Redmi K20 Pro ekan! («jonli» rasm va video)

Korporatsiya vitse-prezidenti hamda Redmi brendi rahbari Lu Veybing (Lu Weibing) kunda-kunora Weibo ijtimoiy tarmog‘i orqali fanatlar bilan muloqot qilib turadi. Bunda u hali taqdim etilmagan Redmi flagmani haqida ayrim ma’lumotlarni kam-kamdan oshkor etib kelayotir.

Jumladan, kecha – 7 may kuni Lu Veybing ushbu smartfonning ekranidan olingan skrinshotni e’lon qildi. Eng qizig‘i – unga ko‘ra, Redmi K20 Pro barmoq izi skaneri ekranning o‘ziga integratsiyalangan ekan!

Gap shundaki, hali yaqindagina foydalanuvchilar bu smartfonda ushbu xususiyat bor-yo‘qligi haqida so‘rashganida, Lyu Veybing ekranga integratsiya qilinuvchi daktiloskopik datchik qimmat turishini yozgan.

O‘QING: Redmi 855 taqdimoti e’lon qilindi va u samaradorlikda Xiaomi Mi 9’dan ustun!

Bundan tashqari, Lu Veybing mazkur flagmanning akkumulyatori uzoq vaqtga yetishidan qoniqish hosil qilganini, bu borada u kutilganidan ham a’lo chiqqanini ta’kidlagan. Kuni kecha «jonli» surat orqali tasdiqlangan ma’lumotga ko‘ra, uning akkumulyatori 4000 mA/soatlik sig‘imga ega. Xiaomi avval ham shunaqa «beli baquvvat» smartfonlar chiqargan; yangisi kutilganidan ham zo‘r chiqqaniga qaraganda, Redmi K20 Pro modelida qandaydir dasturiy optimizatsiya amalga oshirilgan bo‘lsa kerak.

Eslatib o‘tamiz, Redmi K20 Pro deb nomlanishi ham shu suratdan aniq bo‘lgan mazkur flagman ekrani diagonaliga 6,39 dyuymlik. Uning old kamerasi korpus ichidan chiquvchi mexanizmga joylangan, «uch ko‘zli» bosh kamerasining asosiy moduli esa 48 megapiksellik.

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya mazkur qurilmasini 13 may yoki 14 may kuni namoyish etishi kutilmoqda. Allaqachon bozorga chiqqan ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa allaqachon 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Arzonlashtirilgan flagman – Mi 9 SE ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlarining pasaygan narxlari bilan tanishing! (2019 yil 29 aprel)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!