Rasman! LG ham o‘zining ikki ekranga ega smartfonini namoyish qilmoqda! (+VIDEO)

Rasman! LG ham o‘zining ikki ekranga ega smartfonini namoyish qilmoqda! (+VIDEO)

LG kompaniyasi 6 sentyabr kuni IFA 2019 ko‘rgazmasi doirasi doirasida taqdim qilinishi ko‘zda tutilayotgan noodatiy smartfonining reklama roligini e’lon qildi.

Katta extimol bilan bu V60 ThinQ modeli bo‘lishi mumkin. Qolaversa, ushbu qurilma qo‘shimcha ekrani va ajdodining xususiyatlarini saqlab qoladi.

Shu bilan birga, yangi smartfon faqat 5G tarmog‘ini qo‘llab quvvatlovchi talqinda ishlab chiqarilishi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, V60 huddi V50 singari kamyob qurilmaga aylanib, barcha bozorlarda ham sotilavermasligi turgan gap.

O‘QING: Dunyodagi eng mitti o‘yin noutbukini tomosha qilamiz! (+VIDEO)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!