RASMAN: Nubia qayishqoq ekranli inqilobiy smartfon-soatini MWC 2019’da taqdim etadi

  •   DiMaX
  •  913
  •  12.02.2019 10:40

RASMAN: Nubia qayishqoq ekranli inqilobiy smartfon-soatini MWC 2019’da taqdim etadi

Keyingi paytlarda xitoylik kompaniyalar bir-biridan o‘zib yangicha innovatsiyalarga ega gadjetlar ishlab chiqishmoqda. Shulardan biri – ZTE korporatsiyasiga qarashli Nubia kompaniyasining antiqa qurilmasi yaqin orada dunyo yuzini ko‘radi.

O‘QING: Nubia qayishqoq displeyli ilk «aqlli» soat-smartfonni tayyorladi

Mazkur brend Butunjahon mobil kongressi – MWC 2019 ko‘rgazmasidagi ishtirokini tasdiqlovchi rasmiy posterini tarqatdi. Ushbu tadbir doirasida, aniqrog‘i – 25–28 fevral kunlari Nubia o‘zining inqilobiy devaysini ko‘rsatadi.

Garchi ishlab chiqaruvchi buning qanday qurilma ekanini aytmagan bo‘lsa-da, u o‘tgan yilning avgustida IFA ko‘rgazmasida namoyish etilgan Nubia Alpha (yoki Nubia α) prototipining yakuniy talqini bo‘lishi kutilmoqda.

Nubia Alpha – smartfon va «aqlli soat»ning chatishmasi, desak ham xato bo‘lmaydi – u metall tasmacha bo‘ylab joylashgan qayishqoq OLED-ekranga ega. Mazkur devays smart-soatlardagi kabi Wear OS emas, balki smartfonlardagi singari Android operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Inqilobiy gadjetning kamerasi ham bor, u eSIM texnologiyasi bo‘yicha SIM-kartaga ega. Tag‘in uning 5G tarmog‘ini ham qo‘llab-quvvatlashi taxmin qilinmoqda.

O‘QING: 390 dollardan boshlanuvchi Nubia Red Magic Mars chiqdi: 10 GBgacha «operativka»li o‘yinbop smartfon!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!