Rasman: O‘zbekistonda bloklangan ijtimoiy tarmoqlardan cheklovlar olib tashlandi

Rasman: O‘zbekistonda bloklangan ijtimoiy tarmoqlardan cheklovlar olib tashlandi

Bugundan boshlab mamlakatimizda "Twitter", "WeChat" va "Vkontakte" ijtimoiy tarmoqlaridan to‘siqlarsiz foydalanish imkoniyati to‘liq tiklanmoqda, deya xabar beradi AOKA o‘zining rasmiy Telegram kanalida. Ma’lum bo‘lishicha, "TikTok" platformasi bilan muzokaralar davom etmoqda va kelgusida uning natijasida haqida ham xabar beriladi.

"Blokirovkalar rivojlanishga faqat zarar keltiradi" deyiladi AOKA xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Twitter, TikTok, WeChat va Vkontakte ijtimoiy tarmoqlari o‘tgan yilning 2-iyul kuni "Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi qonunni buzgani uchun bloklab qo‘yilgan edi.

O‘QING: Xiaomi kamera va ichki ekranga ega kelajak ko‘zoynaklarini taqdim qildi 

 
 
 
 
Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!