Rasman! Realme X - OnePlus 7'ga raqib, ammo atigi 220 dollar narxdagi smartfon taqdim etildi. (+foto)

Rasman! Realme X - OnePlus 7'ga raqib, ammo atigi 220 dollar narxdagi smartfon taqdim etildi. (+foto)

Nihoyat, uzoq kutilgan Realme X smartfoni taqdim etildi. Ushbu qurilma brend tomonidan shu vaqtgacha yaratilgan smartfonlar ichida eng kuchlisi hisoblanadi. Shuningdek kompaniya Realme X Lite modelini ham taqdim etdi. Ushbu model sal avvalroq sotuvga chiqarilgan Realme 3 Pro modelining Xitoycha varianti hisoblanadi.

O‘QING: Realme 3 Pro namoyish qilindi: Redmi Note 7 Pro’ning jiddiy raqibi!

«Katta» model 6,5 dyumlik, Full HD aniqligidagi, daktiloskopli, tomchisimon kemtiksiz AMOLED ekranga ega bo‘lgan.  Selfi-kamera esa korpus ichidan chiquvchi mexanizmga berkitilgan.

Displeyosti barmoq izi skaneri ultratovushli emas, balki optik turdagi hisoblanadi. OnePlus 7 Pro'dagi kabi Realme X'ga ham yangi avlod datchigi qo‘llangan bo‘lib, 44 foizga ko‘proq maydonni egallaydi va tezroq ishlaydi

Akkumulyator sig‘imi 3765 mA/soatni tashkil qilib, VOOC Flash Charge 3.0 texnologiyasi yordamida quvvatni 55 foizgacha atigi 30 daqiqada to‘ldirish mumkin. Realme X smartfoni yakkakristalli Snapdragon 710 bazasida yaratilgan bo‘lib, 4,6,8 GB operativ yoki 64,128 GB doimiy xotirali variantlarda sotuvga chiqariladi.

Asosiy kamera sifatida juft 48 (Sony IMX586) va 5 megapiksel aniqligidagi modullar o‘rin o‘lgan. Selfi-kamera uchun esa F/2,0 diafragmali, aniqligi 16 megapiksellik modul o‘rnatilgan. Kamerada Chroma Boost, tungi Nightscape rejimlari, shuningdek yangi portret suratlar, sahnani taniy olish va chiroy berish funksiyalari mavjud.

Realme X ikki xil - Steam White va Punk Blue ranglarida, xotira hajmiga qarab 220 dan 260 dollargacha narxda sotuvga chiqariladi. Realme X Lite'ning narxi esa 175-190 dollarni tashkil qiladi.

O‘QING: Redmi 855’ga qarshi hamyonbop Realme X, Realme X Lite va Realme X Pro flagmanlari jangga tayyor!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.