RASMAN: Redmi birinchi o‘yinbop smartfonini martning oxirigacha chiqaradi!

  •   DiMaX
  •  817
  •  04.03.2021 11:10

RASMAN: Redmi birinchi o‘yinbop smartfonini martning oxirigacha chiqaradi!

Xiaomi korporatsiyasi geymerlarga mo‘ljaldangan smartfon va boshqa gadjetlarini Black Shark brendi ostida taqdim etib kelmoqda. Ushbu sho‘’baning bosh direktori Luo Yuychjou (Luo Yuzhou) avvalroq navbatdagi flagman – Black Shark 4 tayyor bo‘lganini e’lon qilgan edi. Shuningdek...

O‘QING: AnTuTu taxtiga da’vogarni taqdimotidan avval «Qora Akula yeb qo‘ydi»!

Lekin «Xitoycha Apple»ning arzonchi – Redmi hamda Poco brendlariga mansub ayrim telefonlari ham o‘yinlarga moslab optimizatsiya qilingan. Bulardan birinchisi shu oyning o‘zidayoq rasman geymerlarga mo‘ljallangan birinchi smartfonini taqdim etmoqchi. Bu haqda Xiaomi Group China prezidenti hamda Redmi bosh direktori Lu Veybing (Lu Weibing) o‘zining Weibo-akkaunti orqali anons berdi.

Esingizda bo‘lsa, MediaTek kompaniyasi shu yilning yanvarida biryo‘la ikkita – Dimensity 1100 hamda Dimensity 1200 rusumli 5G-protsessorlarini namoyish qilgan edi. Bulardan ikkinchisi flagman smartfonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, Redmi’ning ilk geymerofoni ayni shu chipset bazasida tayyorlanmoqda.

O‘QING: O‘rta narxli o‘nta eng kuchli smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

Flagman protsessordan tashqari, Xiaomi arzonchi brendning birinchi o‘yinbop smartfonining ekrani borasida ham ziqnalik qilmayapti. Redmi geymerofoni Samsung tomonidan ishlab chiqilgan so‘nggi – Ye4 avlod Super AMOLED displeyi bilan ta’minlanmoqda.

Aytish kerakki, bu – Galaxy S21 Ultra hamda Xiaomi Mi 11 flagmanlarida qo‘llangan, hozirda eng zo‘r displeydir. Shuningdek, yaqindagina namoyish qilingan Redmi K40, Redmi K40 Pro hamda K40 Pro+ hamyonbop smartfonlarida ham xuddi shu displey ishlatilgan. Qimmat modellardan farqli ravishda, Redmi telefonlarida (kutilayotgan geymerofonda ham) ekranining chetlari qayrilma emas, balki bir tekis.

Lu Veybing ta’kidlashicha, o‘yinbop smartfon testlarida Dimensity 1200 protsessori a’lo darajada tezkorlik va quvvat tejamkorligini namoyon etgan. U yana shuni qo‘shimcha qildiki, birinchi Redmi geymerofoni aql bovar qilmas darajada jozibador narxda taklif etiladi.

O‘QING: Eng zo‘r Android-flagmanlar reytingiga Redmi K40 hamda K40 Pro ham kirdi, Mi 11 esa yana pastladi! (AnTuTu, 2021 yil fevral)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!