RASMAN: Redmi mustaqil brend bo‘lyapti, ilk smartfon taqdimoti – 10 yanvarda!

  •   DiMaX
  •  3055
  •  03.01.2019 19:10

RASMAN: Redmi mustaqil brend bo‘lyapti, ilk smartfon taqdimoti – 10 yanvarda!

«Xitoycha Apple» kecha «Biror yaxshi voqea hoziroq yuz berishiga hamisha ishonish»ga undab poster e’lon qilgandi. Shu asosida bugun – 3 yanvarda u biror gadjetini namoyish etishini taxmin qilishgandi.

O‘QING: Redmi 7 yoki Redmi Pro 2: Xiaomi bu yilgi ilk taqdimotini bugunoq o‘tkazyapti!

Belgilangan vaqt yetib kelganida, Xiaomi kompaniyasi 10 yanvarda muhim tadbir o‘tkazishini ma’lum qildi. Unda «xitoycha Apple» o‘z faoliyatidagi tub burilish haqida so‘zlab beradi va yangi smartfon taqdim etadi.

Shunday qilib, Redmi endi alohida, mustaqil brendga aylanadi. Xuddi Huawei korporatsiyasining Honor brendi singari. Xiaomi rahbari Ley Szyun (Lei Jun) so‘zlariga ko‘ra, kompaniya shu yo‘l bilan Mi hamda Redmi turkumi mahsulotlarini ajratmoqchi. Zero, Mi turkumida asosan premial smartfonlar, Redmi seriyasida esa – hamyonboplari taqdim etilib kelayotir. Bundan tashqari, Redmi asosan onlayn-do‘konlar orqali, Mi mahsulotlari esa oflayn do‘konlar tarmoqlarida ham keng savdoga qo‘yiladi.

O‘QING: QISQA VIDEO: 2018 yilda Xiaomi nimalarni taqdim etdi?

Shuningdek, 10 yanvardagi tadbirda Redmi brendidagi yangi smartfon namoyishi ham o‘tkaziladi. Bu – biz avval ham yozgan, 48 megapikselli kameraga ega modeldir. Quyidagi tizerda «Redmi» yozuvining soyasiga razm solsangiz, unda teskarisiga yozilgan «48000» sonini payqaysiz – bu ayni shu kameraga ishoradir.

Faqat uning aynan qaysi model ekanini Xiaomi hanuz sir tutmoqda. Buning Redmi 7 Pro yoki Redmi Pro 2 rusumli smartfon bo‘lishi ehtimoli yuqori.

O‘QING: Xiaomi Redmi 7, Redmi 7A va Redmi 7 Pro allaqachon sertifikatlandi – ularning taqdimoti yaqin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!