RASMAN: Redmi Note 10’lar kutilganidan oldinroq chiqadi!

  •   DiMaX
  •  1481
  •  16.02.2021 17:44

RASMAN: Redmi Note 10’lar kutilganidan oldinroq chiqadi!

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi Redmi Note 10 turkumidagi fabletlarini 10 mart kuni taqdim etishi kutilayotgan edi. Kompaniya o‘zining Redmi India rasmiy Twitter-akkaunti orqali bu masalaga aniqlik kiritdi.

O‘QING: To‘rt xil Redmi Note 10 hamyonbop kamerofoni taqdimot kuni bilan do‘konga chiqdi!

Rasmiy posterga ko‘ra, ushbu seriyadagi smartfonlar undan ham avval, aniqrog‘i – 4 mart kuni namoyish qilinadi:

Eslatib o‘tamiz, yangi turkumda birdaniga to‘rtta modelda smartfon chiqishi ham aniq bo‘lgan:

  1. Redmi Note 10 5G
  2. Redmi Note 10 4G
  3. Redmi Note 10 Pro 5G
  4. Redmi Note 10 Pro 4G

Hindiston bozoridagi asosiy raqobatchi – Realme kuchayib borayotgani sababli, Xiaomi yangi avlod kamerofonlarini «tajovuzkor» narxlarda chiqarishi ma’lum bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, ular 108 megapiksellik kameraga ega eng arzon smartfonlar bo‘lishi kerak.

O‘QING: Xiaomi rahbari hayratda: 9 yashar bola ilk Redmi smartfonini san’at asariga aylantirdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.