RASMAN: Samsung hamyonbop turkumidagi smartfonlarini endi ishlab chiqarmaydi! (+video)

  •   DiMaX
  •  4935
  •  09.04.2019 09:23

RASMAN: Samsung hamyonbop turkumidagi smartfonlarini endi ishlab chiqarmaydi! (+video)

Samsung hamyonbop Galaxy J turkumidagi smartfonlarini Galaxy A seriyasiga qo‘shib yuborishi haqida ko‘pdan buyon mish-mishlar yuribdi. Kompaniyaning Malayziya bo‘limi rasmiy YouTube-kanalida shuning rasmiy isbotini e’lon qildi.

O‘QING: Android Go tizimli Galaxy J4 Core chiqdi: arzon, lekin har ikkala kamerasi LED-chaqnoqli!

Yangi modellar – Galaxy A30 hamda Galaxy A50 smartfonlariga bag‘ishlangan reklama videoroligi «Galaxy J is now Galaxy A» sarlavhasi bilan berilgan. Buni esa «Galaxy J endi Galaxy A bo‘ldi» deb o‘girish mumkin. Videolavha tavsifida ham ko‘pchilikka sevimli Galaxy J turkumi endi yangi Galaxy A smartfonlariga aylantirilgani aytiladi hamda Galaxy A30 va Galaxy A50 modellariga e’tibor qaratish so‘raladi:

A seriyasida esa shu kungacha Galaxy A10, Galaxy A20 (sotib olish), Galaxy A30 (xarid qilish), Galaxy A50 (sotib olish) hamda Galaxy A70 modellari bozorlarga taqdim etilgan. Mazkur turkumning yangi vakillari 10 aprelda namoyish etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Samsung’ning 2019 yilgi eng arzon smartfoni – Galaxy A2 Core nimalarga qodir?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!