Rasman savdoga chiqmagan bu flagmanni allaqachon sotishyapti, lekin... naq 140 000 dollardan!

  •   DiMaX
  •  2924
  •  07.10.2019 10:49

Rasman savdoga chiqmagan bu flagmanni allaqachon sotishyapti, lekin... naq 140 000 dollardan!

Joriy yilning sentyabr oyi oxirida Xiaomi korporatsiyasi umuman o‘zgacha – korpusi deyarli butkul ekran bilan qoplangan Mi Mix Alpha smartfonini namoyish etgandi. Biz uning qadog‘idan olib ishlatib ko‘rsatilgan birinchi rasmiy videosini e’lon qilganmiz.

O‘QING: Eng arzon 5G-smartfon endi Xiaomi Mi 9 Pro 5G emas!

Xiaomi ushbu konseptual smartfoni uchun misli ko‘rilmagan darajada qimmat – naq 2800 dollarlik narx belgilagan. Uning 500 donadan iborat ilk partiyasi hali dekabrda ishlab chiqariladi, ularning savdoga qo‘yilish vaqti esa noma’lum.

Shunga qaramasdan, Xitoydagi Tmall.com onlayn do‘koni allaqachon Xiaomi Mi Mix Alpha modelini sotuvga qo‘ygan. Ammo narxi qo‘rqqulik – naq 999 999 yuan, bu esa 140 000 AQSh dollariga teng qiymatdir!

Biroq shu paytgacha hech kim unga buyurtma bermagan va buni tabiiy qabul qilish kerak. Axir, o‘zining anchagina qimmat bo‘lgan rasmiy narxidan ham bir necha o‘n baravarga smartfon sotib olishga kimning ko‘zi uchib turibdi, deysiz!?

Shunisi ham borki, xalqi anchagina qashshoq bo‘lgan bir mamlakatda 2330 dollarlik smartfonning ilk partiyasi bir kundayoq sotilib ketgan edi.

O‘QING: Redmi K20 Pro Premium ham «damini olaversin»: SD855+ chipli eng arzon flagman rekordlarga boy! (+video)

Aytish kerakki, Xiaomi Mi Mix Alpha bir qator betakror jihatlarga ega. Ular qatorida bosh kamerasida qo‘llangan 108 megapiksellik Samsung ISOCELL Bright HMX sensori, eng ilg‘or Snapdragon 855+ protsessori, 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashi, 12 gigabaytlik tezkor xotirasi kabilarni sanab o‘tish ham yetarli.

Internetda mazkur inqilobiy gadjet uchun oldindan buyurtma rasmiylashtirish bo‘yicha bundan boshqa ham takliflar uchramoqda. Ammo kompaniyaning marketing bo‘yicha direktori Chji Chjiyuan (Zhi Zhiyuan) bularning bari aldov ekanini, ushbu afsonaviy smartfon uchun hozircha hech qayerda rasman buyurtma berib bo‘lmasligini aytgan.

Global savdoga chiqarilgan aksariyat Xiaomi telefonlarini esa 610 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz internet do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Redmi 8 kutilganidan ham arzon narxda sotuvga chiqdi!