RASMAN: Snapdragon 865+ chipli Galaxy Z Flip 5G «raskladushka»si hatto Galaxy M31s’dan ham oldin namoyish qilinyapti!

  •   DiMaX
  •  615
  •  20.07.2020 18:19

RASMAN: Snapdragon 865+ chipli Galaxy Z Flip 5G «raskladushka»si hatto Galaxy M31s’dan ham oldin namoyish qilinyapti!

Samsung bugun o‘zining «beli baquvvat», o‘zi hamyonbop Galaxy M31s smartfonining taqdimotini e’lon qilgan. Uning sotuvga chiqish kuni haqida esa biz avvalroq yozgan edik.

O‘QING: Samsung va LG o‘z yurtida Xiaomi’ning dadil hamlasiga uchradi!

Buni qarangki, kompaniya shundan so‘ng yana bir smartfoni – Galaxy Z Flip 5G anonsini ham rasman e’lon qildi. Qizig‘i – e’loni keyin chiqqan bo‘lsa-da, buklamafonning o‘zi Galaxy M31s’dan avval, aniqrog‘i, 22 iyul kuni Xitoyda namoyish etiladi.

Shu paytgacha chiqqan xabarlarda bu smartfonning fevralda taqdim etilgan buklamafon – Galaxy Z Flip modelidan farqlari aytilmoqda. Avvalo, uning korpusi 0,5 millimetrga qalinroq va 0,1 millimetrga uzunroq. Qolaversa, Galaxy Z Flip 5G yangi – Mystic Bronze rangida ham chiqadi.

O‘QING: Qaysi smartfonlar ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydi?

Lekin eng asosiy farqi shundaki, Galaxy Z Flip 5G «raskladushka»si Qualcomm kompaniyasi 8 iyul kuni taqdim etgan flagman – Snapdragon 865+ protsessoriga tayanadi. Buklamafonning qolgan jihatlari o‘z «ajdod»iniki bilan bir xil.

Eslatib o‘tamiz, ushbu chipset bazasida tayyorlangan, AnTuTu servisiga ko‘ra jahonda eng zo‘ri bo‘lib turgan ikkita smartfon ham ayni shu kuni taqdim etiladi. Bular – Asus kompaniyasining ROG Phone 3 hamda Lenovo kompaniyasining Lenovo Legion geymerofonlaridir.

Biroq bu ikkalasining (yo‘q, endi Galaxy Z Flip 5G modelini ham qo‘shamiz – uchalasining) yana bitta raqibi paydo bo‘lgan. Ya’ni, ZTE korporatsiyasiga qarashli Nubia kompaniyasi Red Magic 5S rusumli navbatdagi o‘yinbop smartfonini reklama qila boshlagan.

O‘QING: Eng qizib ketuvchi va eng qizimaydigan smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil 2-chorak)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.