RASMAN: To‘rtinchi beta-versiyadagi Android 10 Q’gacha yangilanuvchi smartfonlar

  •   DiMaX
  •  2051
  •  06.06.2019 13:41

RASMAN: To‘rtinchi beta-versiyadagi Android 10 Q’gacha yangilanuvchi smartfonlar

Qidiruv giganti yaqinda Google I/O konferensiyasi doirasida Android Q operatsion tizimining to‘laqonli anonsini bergandi. Shu bilan birga, uning uchinchi beta-versiyasigacha yangilanuvchi smartfonlar modellarini ham e’lon qilgan edi.

O‘QING: Android 10 taqdim etilmasidan Android 11 e’lon qilindi: Google unga «imkonsiz» funksiyani qo‘shyapti!

Google kompaniyasi endi Android Q Beta 4 talqinini ham e’lon qildi. Mazkur yangilanishni quyidagi modellarga mansub smartfonlarga yuklab olish mumkin:

  1. Barcha avlod Google Pixel smartfonlari
  2. ASUS ZenFone 5z
  3. OnePlus 6T
  4. Xiaomi Mi 9 (sotib olish)
  5. Xiaomi Mi Mix 3 5G
  6. Nokia 8.1
  7. LG G8
  8. Essential Phone
  9. Huawei Mate 20 Pro
  10. Sony Xperia XZ3
  11. OPPO Reno
  12. Tecno Spark 3 Pro
  13. Realme 3 Pro
  14. Vivo X27
  15. Vivo NEX S
  16. Vivo NEX A

O‘QING: Android 10 Q’gacha yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlari ro‘yxati

Xabarga ko‘ra, to‘rtinchi beta-versiyada avvalgi jamlanmadagi Android Q nuqsonlari bartaraf etilgan. Shuningdek, unda yana interfeys, navigatsiya va bildirishnomalar bilan bog‘liq ayrim kichik o‘zgarishlar mavjud.

Aytish kerakki, Android Q to‘rtinchi beta-talqinini o‘rnatish jarayoni qurilmaning modeliga bog‘liq holda turlicha kechadi. Ayrim rusumlardagi smartfon egalari buning uchun Android beta-sinov dasturiga (mana bu havola orqali) qo‘shilishlari yetarli. Ba’zi modellardagi devayslarda esa bu jarayon biroz murakkabroq bo‘lib, ularning egalari ushbu havola orqali tegishli sahifaga o‘tib, apdeytni yuklab olishlariga to‘g‘ri keladi.

Shu o‘rinda yana bir jihatini ta’kidlab o‘tish o‘rinli: Android Q Beta 4 yangilanishi API’ning yakuniy versiyasini o‘z ichiga oladi. Ya’ni, dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar o‘z ilovalarini hozirdanoq mana shu talqindagi Android’li qurilmalarda sinab ko‘rishlari mumkin. Agarda ilova ushbu beta-talqinda xatosiz ishlay olsa, o‘ninchi versiyadagi operatsion tizim foydalanuvchilarga to‘laqonli topshirilganidan so‘ng ham unda muammo chiqmaydi.

O‘QING: Android 10 Q sizni muhim bir imkoniyatdan mahrum etadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.