Rasman: Xiaomi 13 smartfonlari qachon taqdim qilinishi ma'lum bo'ldi!

Rasman: Xiaomi 13 smartfonlari qachon taqdim qilinishi ma'lum bo'ldi!

Bir necha oylik mish-mishlardan so'ng, Xiaomi vanihoyat o'zining yangi avlod flagman smartfonlari qatori — Xiaomi 13 seriyasini rasman 1-dekabr kuni taqdim qilishini ma'lum qildi. Kompaniya o'zining Weibo sahifasida smartfon haqidagi ilk ma'lumotlarni tizer posterlar bilan berishni boshladi.

Ma'lum bo'lishicha, Xiaomi 13 qatori ikkita: Xiaomi 13 va Xiaomi 13 Pro modellarini o'z ichiga oladi. Tizer suratlarning birida ko'rish mumkinki, smartfonlar birining ekrani biroz qayrilgan, boshqasiniki esa tekis qilingan. Ehtimol, egilgan displey Pro modelga, tekis ekran esa oddiy modelga tegishli.

Yana bir posterda esa Xiaomi 13 yuqori darajadagi OLED displey bilan jihozlanashi, uning ekrani atrofidagi qora ramkalar qalinligi 1.61 mm bo'lishi ham oshkor qilingan.

Kutilganidek, Xiaomi yangi smartfonlar bilan birga Android 13 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 14 versiyasini chiqarishini ham e'lon qilgan.

O'QING: Xiaomi'ning eng xit smartfonlari uchun "hayot tugadi"

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!