RASMAN: Xiaomi Mi 10’ning asosiy raqibi ringga tushyapti!

  •   DiMaX
  •  1780
  •  18.02.2020 15:36

RASMAN: Xiaomi Mi 10’ning asosiy raqibi ringga tushyapti!

MWC 2020 ko‘rgazmasi koronavirus epidemiyasi tufayli bekor qilinganidan so‘ng, ko‘plab texnologik kompaniyalar yangi mahsulotlarini onlayn tarzda taqdim etishga qaror qilishgan. Shu jumladan, OPPO kompaniyasining i subbrendi – Realme ham flagman smartfoni borasida shunday yo‘l tutdi.

O‘QING: AnTuTu’da yangi rekord, lekin bu Galaxy S20 ham, Mi 10 ham emas!

Avval rejalashtirilganidek, Realme X50 Pro flagmani roppa-rosa ikki haftadan so‘ng – 24 fevralda namoyish qilinadi. Faqat kompaniya Madriddagi maxsus taqdimot marosimidan voz kechib, onlayn formatda o‘tkazyapti.

Shuningdek, ishlab chiqaruvchilar Realme X50 Pro’ning ayrim texnik jihatlarini ham ochiqlashdi. Ushbu flagman Snapdragon 865 protsessoriga ega bo‘lib, beshinchi avlod uyali tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashi uchun uning jamlanmasida Snapdragon X55 5G modemi ham mavjud. Flagmanning Super AMOLED displeyida kadr yangilanish chastotasi Xiaomi Mi 10’dagi kabi – 90 gersga teng.

O‘QING: Xiaomi’ning yangi rekordi: bu gal Mi 10 Pro flagmani!

Umuman olganda, Realme X50 Pro kuni kecha taqdim etilgan «Xitoycha Apple» flagmanining to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibidir. Ba’zi jihatlari undan kuchli ham: Xiaomi Mi 10 selfi-kamerasi yakka modulli bo‘lsa, raqibining ekranida ochilgan tirqishda qo‘shaloq old kamera bor. 24 fevralda kutilayotgan flagmanning bosh kamerasi esa to‘rt modulli bo‘lib, asosiy sensori 64 megapiksellik; unda yana 20 karralik zum imkoniyati mavjud.

Realme X50 Pro yana 12 GBgacha hajmli, LPDDR5 turli tezkor xotiraga hamda 256 GBgacha hajmdagi, UFS 3.0 toifali ichki xotiraga ham ega. Uning 4300 mA/soatlik batareyasi esa kompaniyaning 65 vattlik Dart Charge texnologiyasi yordamida tezkor quvvat oladi.

O‘QING: «O‘yin boshlandi» – AnTuTu’ning yangi qiroli Xiaomi Mi 10’ni tor-mor etmoqchi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.