RASMAN: Xiaomi «qotil» – Redmi K20 flagmanlari taqdimotini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  2271
  •  20.05.2019 10:35

RASMAN: Xiaomi «qotil» – Redmi K20 flagmanlari taqdimotini e’lon qildi

Snapdragon 855 protsessorli eng arzon smartfon bo‘lishi kutilayotgan Redmi flagmani yolg‘iz emas, balki ikkita ekani avvalroq ma’lum bo‘lgan. Ularning nomidagi «K» harfi «Killer» so‘zini anglatadi va bu bejiz emas...

O‘QING: «Katta iblis» laqabli Redmi K20 chindanam «kushanda» ekan: AnTuTu’da u salkam 460 000 ballik rekord qo‘ydi!

Redmi brendi boyagina – bugun soat o‘nda ularning namoyish etilish sanasini Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi. Unga ko‘ra, Redmi K20 turkumi flagmanlari 28 may kuni, mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da boshlanadigan tadbirda taqdim etiladi.

Ushbu smartfonlarning xususiyatlari haqida bir nechta xabar va maqolalar, hatto «jonli» videosi va suratlarini ham e’lon qilganmiz. Shuningdek, ular bilan birgalikda brendning ilk noutbuki – RedmiBook 14 tez orada taqdim etiladi.

Bulardan tashqari, bugunning o‘zidayoq Hindistonda Redmi Note 7S ham namoyish qilinishi kutilayotir. Shu kungacha bozorga chiqqan ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa allaqachon 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Redmi 7, Mi Play va Redmi Note 7 arzonlashdi! Terashop.uz’da Xiaomi smartfonlari narxlari (2019 yil 13 may)