Rasmiy xabar: Sony Xperia Z endi bo‘lmaydi

Rasmiy xabar: Sony Xperia Z endi bo‘lmaydi

Sony kompaniyasi mashhur Xperia Z  turkumiga oid smartfonlar ishlab chiqarishni to‘xtatdi.

MWC 2016 ko‘rgazmasida hech bo‘lmaganda Z6 ning tugallanmagan versiyasini bo‘lsa-da, kutishgandi, biroq ishlab chiqaruvchilar Barselonaga Xperia X modelini olib keldi. Bu haqida kompaniyaning rasmiy sayti ma’lumot berdi.

Resurs ishlab chiqarishdan to‘xtadi

Ishlab chiqaruvchilarning fikricha, Xperia Z smartfonida dasturchilar eng so‘nggi texnologiyalarni qurilmaga joriy qilishga harakat qilgandi. Xperia X—bu boshqacha yondoshuv. U an’anaviy dizayn, yangilangan dastur va jahon mobil qurilmalariga xos barcha xususiyatlarni o‘zida jamlagan “aqlli” smartfon.

Sony Xperia Z endi tarix

MWC 2016 ko‘rgazmasida Xperia X, XA va Xperia X Performance smartfonlari namoyish etildi. “Yangiliklar”, umuman olganda, yomon emas: Snapdragon 820, a’lo kamera, an’anaviy yupqa dizayn.

Agar Z5 Premium smartfonining an’analarini davom ettirmasa, unda xaridorlarini topishi aniq.

Xo‘sh, endi Z avlodiga mansub smartfonlar tarixga aylandimi?