Rasmiy namoyishdan oldin Galaxy Buds Pro sotuvga chiqdi – kutilganidan qimmat!

  •   DiMaX
  •  795
  •  12.01.2021 11:42

Rasmiy namoyishdan oldin Galaxy Buds Pro sotuvga chiqdi – kutilganidan qimmat!

Samsung Electronics kompaniyasi 14 yanvar kuni o‘tkazadigan Galaxy Unpacked 2021 tadbirining bosh qahramonlari Galaxy S21, Galaxy S21 Plus hamda S21 Ultra flagmanlari bo‘lishi shubhasiz. Lekin ushbu smartfonlaridan tashqari, unda Galaxy Buds Pro rusumli butkul simsiz quloqchini ham namoyish etiladi.

O‘QING: Galaxy S21’lar bilan chiquvchi flagman quloqchin: narxi va xususiyatlari

Lekin hali rasmiy taqdimoti o‘tkazilmay turib, Kanadadagi riteyler – Staples onlayn do‘konida ushbu quloqchin sotuvga qo‘yilgan. Samsung Galaxy Buds Pro u yerda uch xil – kumushrang, qora va binafsharang tuslarda taklif etiladi.

Galaxy Buds Pro simsiz quloqchini uchun Yevropa bozorida 229 yevro, AQShda esa 229 dollar miqdorida narx belgilanishi aytilayotgan edi. Biroq Staples uni bundan qimmatroq – 264,99 dollardan baholagan.

Bu haqda nomdor insayder Roland Quandt xabar bergan, ammo oradan ko‘p o‘tmay, internet-do‘kondagi o‘sha sahifa o‘chirib qo‘yilgan. Ehtimol, Galaxy Unpacked 2021 marosimi bo‘lib o‘tgach – yangi devayslarni Samsung o‘zi rasman sota boshlagach bu sahifa yana faollashar.

O‘QING: Galaxy Buds Pro simsiz quloqchini taqdimotdan avval AirPods Pro’ga mag‘lub bo‘ldi (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!