Rasmiy namoyishidan avval Samsung Galaxy Buds 2 anboksing videosi chiqdi!

  •   DiMaX
  •  416
  •  05.08.2021 17:13

Rasmiy namoyishidan avval Samsung Galaxy Buds 2 anboksing videosi chiqdi!

Shu yilning 11 avgust kuni navbatdagi Galaxy Unpacked tadbirida Samsung kompaniyasi Galaxy Z Fold 3 va Galaxy Z Flip 3 smartfonlarini, Galaxy Buds 2 quloqchini hamda Galaxy Watch 4 Classic rusumli yangi aqlli soatini namoyish etmoqchi. Biz esa allaqachon bulardan dastlabki uchtasining narxlarini e’lon qilganmiz.

O‘QING: Samsung taqdim etib ulgurmagan Galaxy A52s do‘konga chiqdi – narxlari va asosiy jihatlari aniq!

YouTube tarmog‘idagi The Mobile Central kanali esa Samsung Galaxy Buds 2 TWS-quloqchinining hattoki anboksing videosini ham chiqarib ulgurdi! Bloger unda garnituraning qutisini ochib, quloqchinning o‘zini hamda qadoq tarkibini yirik planda ko‘rsatgan.

Ko‘ryapmizki, quti ichiga, simsiz quloqchinning o‘zidan tashqari, USB Type-A/Type-C kabeli, almashtiriluvchi bir nechta qo‘shimcha ambushyurlar (nasadkalar) hamda tegishli hujjatlar mavjud. Quvvatlovchi keys hajman Buds Live modelariniki kabi keladi, ammo uning dizayni ko‘proq Buds Pro g‘ilofini eslatadi.

Galaxy Buds 2 qadog‘ida ko‘rsatilishicha, mazkur garnitura faol shovqin to‘sish funksiyasiga ega. Uning avtonomligi 20 soatga yetishi yozilgan, aftidan, bu raqam keysdan qo‘shimcha quvvat olib ishlash vaqtini ham o‘z ichiga olgan.

Vlogerning qo‘lidagi Galaxy Buds 2 zaytun rangida bo‘lib, smartfonga bog‘langanida ekranda uning rangi ham aks etishi qiziq.

O‘QING: Internet orqali AirPods buyurtma qilgan qizga o‘z boshi kattaligidagi quloqchin yetib keldi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.