Rasmiy ro‘yxat: 2021 yil avgustgacha HarmonyOS proshivkasini olgan 65 xil Huawei hamda Honor smartfon va planshetlari

  •   DiMaX
  •  460
  •  05.08.2021 11:58

Rasmiy ro‘yxat: 2021 yil avgustgacha HarmonyOS proshivkasini olgan 65 xil Huawei hamda Honor smartfon va planshetlari

Huawei kompaniyasi o‘zining yangi mobil qurilmalarini va boshqa tur gadjetlarini qadoqdanoq HarmonyOS 2.0 operatsion tizimi bilan chiqara boshlagan. Mazkur gigant, shuningdek, hozirgi kungacha mazkur proshivkaga yangilangan smartfonlari va planshetlarini ham rasman e’lon qildi.

O‘QING: Huawei kompaniyasi 30 dan oshiq modellardagi eski smartfonlar xotirasini kengaytira boshladi

Barqaror talqindagi HarmonyOS 2.0 operatsion tizimi allaqachon 65 modeldagi Huawei va Honor smartfonlari va planshetlariga uzatilgan. Agarda hozir test qilinayotgan proshivka versiyalarini ham qo‘shib hisoblasak, u holda HarmonyOS apdeytlarini saksondan oshiq mobil qurilmalar egalari ishlatishmoqda.

Huawei yaqinda ma’lum qilishicha, HarmonyOS 2.0 proshivkalarini o‘rnatishlar soni 40 milliondan oshgan. Ushbu platforma ommaviy tarzda 2021 yilniig 2 iyunida tarqatila boshlaganini hisobga olsak, o‘rta hisobda har soniyada 8 nafar foydalanuvchi HarmonyOS 2.0 tizimiga o‘tib kelmoqda.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning oxirigacha ushbu yangilanishni yuzdan oshiq modellarga tarqatishadi. Bundan tashqari, xitoylik texnogigant umumiy hisobda o‘zining 200 milliontadan, boshqa ishlab chiqaruvchilarning esa 100 milliontadan oshiq qurilmalariga HarmonyOS operatsion tizimini tarqatishni ko‘zlamoqda.

O‘QING: Android’ning keragi yo‘q: Xiaomi smartfoni HarmonyOS asosidagi MIUI bilan ishlayapti! («jonli» video)

Hozirgi kungacha HarmonyOS proshivkasi tarqatilgan mobil qurilmalar ro‘yxati esa quyidagicha:

23 iyundan barqaror HarmonyOS versiyasini olgan Huawei smartfonlari:

  1. Huawei Mate 40;
  2. Huawei Mate 40 Pro;
  3. Huawei Mate 40 Pro+;
  4. Huawei Mate 40 RS Porsche Design;
  5. Huawei Mate 40E;
  6. Huawei Mate X2;
  7. Huawei P40;
  8. Huawei P40 Pro;
  9. Huawei P40 Pro+;
  10. Huawei P40 4G;
  11. Huawei Mate 30;
  12. Huawei Mate 30 5G;
  13. Huawei Mate 30 Pro;
  14. Huawei Mate 30 Pro 5G;
  15. Huawei Mate 30 RS Porsche Design;
  16. Huawei Mate 30E Pro 5G.

23 iyundan barqaror HarmonyOS versiyasini olgan Huawei planshetlari:

  1. Huawei MatePad Pro;
  2. Huawei MatePad Pro 5G.

7 iyuldan barqaror HarmonyOS versiyasini olgan Huawei smartfonlari:

  1. Huawei Nova 6;
  2. Huawei Nova 6 5G;
  3. Huawei Nova 7 5G;
  4. Huawei Nova 7 Pro 5G;
  5. Huawei Nova 8 5G;
  6. Huawei Nova 8 Pro 5G;
  7. Huawei Nova 8 Pro 4G.

7 iyuldan barqaror HarmonyOS versiyasini olgan Huawei planshetlari:

  1. Huawei MatePad (10,8 dyuymlik).

24 iyuldan barqaror HarmonyOS versiyasini olgan Huawei smartfonlari:

  1. Huawei Mate Xs;
  2. Huawei Mate 20;
  3. Huawei Mate 20 Pro;
  4. Huawei Mate 20 RS Porsche Design;
  5. Huawei Mate 20 X;
  6. Huawei Nova 7 SE 5G;
  7. Huawei Nova 7 SE 5G Lohas Edition;
  8. Huawei Nova 7 SE 5G Vitality Edition;
  9. Huawei Nova 6SE;
  10. Huawei Enjoy 20 Plus 5G;
  11. Huawei Enjoy Z 5G;
  12. Huawei Ejoy 20 Pro 5G;
  13. Huawei Maimang 9 5G;
  14. Huawei Nova 8 SE;
  15. Huawei P30;
  16. Huawei P30 Pro;
  17. Huawei Mate 20X 5G;
  18. Huawei Mate X;
  19. Huawei Nova 5 Pro;
  20. Huawei Nova 5;
  21. Huawei Nova 5i Pro;
  22. Huawei Nova 5z.

24 iyuldan barqaror HarmonyOS versiyasini olgan Huawei planshetlari:

  1. Huawei MatePad 5G (10,4 dyuymlik);
  2. Huawei MatePad (10,4 dyuymlik);
  3. Huawei-Tab M6 High-Energy Edition;
  4. Huawei Tab M6 (8,4 dyuymlik);
  5. Huawei M6 (10 dyuymlik).

1 avgustdan barqaror HarmonyOS versiyasini olgan Honor smartfonlari:

  1. Honor V30;
  2. Honor V30 Pro;
  3. Honor 30;
  4. Honor 30 Pro;
  5. Honor 30 Pro+;
  6. Honor Play 4 Pro;
  7. Honor 20;
  8. Honor 20 Pro;
  9. Honor V20;
  10. Honor V20 Moschino Edition;
  11. Honor Magic

1 avgustdan barqaror HarmonyOS versiyasini olgan Honor planshetlari:

  1. Honor Tab V6 turkumi (ayrim modellari).

Aytish kerakki, hozircha proshivkaning faqat xitoycha versiyasi haqida gap ketmoqda, global miqyosdagi barqaror HarmonyOS versiyasining tarqatilishiga hali vaqtli.

O‘QING: Eng ravon ishlovchi mobil operatsion tizim va smartfonlar (Master Lu reytingi, 2021 yil iyun)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!