Rasmiy ro‘yxat: Android 10’gacha yangilanuvchi Huawei smartfonlari
Google kompaniyasi Android 10 Q operatsion tizimini e’lon qildi, ammo foydalanuvchilarga u kuzga yaqin butkul taqdim etiladi. Ungacha yangilanuvchi Samsung Galaxy qurilmalari ro‘yxatini kuni kecha taqdim etganmiz.
O‘QING: «Flagmancha» trolling: Huawei o‘z reklamasini Samsung’ning «ustiga ilib» qo‘ydi!
Xitoylik texnogigant ham Android Q talqinidagi operatsion tizimni qabul qilishi aniq bo‘lgan o‘z smartfonlari ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Huawei dastlab sakkizta flagman smartfoniga birinchilar qatorida o‘ninchi versiyadagi Android asosida proshivka tarqatadi. Ular quyidagilardir:
- Huawei Mate 20
- Huawei Mate 20 Pro
- Huawei Mate 20X
- Huawei Mate 20 RS Porsche Design
- Huawei P30 (Sotib olish)
- Huawei P30 Pro (Sotib olish)
- Honor V20 (Honor View 20)
- Honor Magic 2
Aytish kerakki, bular – xitoylik ishlab chiqaruvchining birinchi to‘lqinda Android 10 tizimigacha yangilanuvchi smartfonlaridir. Huawei kelajakda ushbu talqingacha yangilanuvchi modellari ro‘yxatini kengaytirishi mumkin.
Terashop.uz internet-do‘konimizda esa shu kompaniyaning turli smartfonlarini 860 000 so‘mdan boshlangan narxlarda xarid qilish imkoni mavjud.