RASMIY RO‘YXAT: Android 9’gacha yangilanadigan va yangilangan Xiaomi smartfonlari

  •   DiMaX
  •  2483
  •  17.04.2019 17:05

RASMIY RO‘YXAT: Android 9’gacha yangilanadigan va yangilangan Xiaomi smartfonlari

Xiaomi kompaniyasi to‘qqizinchi avlod operatsion tizim – Android 9 Pie talqinigacha yangilanayotgan smartfonlarini rasman ma’lum qildi. Mazkur ro‘yxat avvalroq insayderlar tarqatganidan biroz farq qiladi.

O‘QING: Yana to‘rtta Xiaomi smartfoniga Android 9 Pie asosida MIUI 10 tayyorlanyapti, uni allaqachon sinab ko‘rish mumkin!

Hindistonlik insayder tarqatgan ro‘yxatdagi Redmi S2 / Y2, Redmi 6 hamda Redmi 6A modellari, afsuski, rasmiy ro‘yxatda yo‘q.

Xiaomi’ning ma’lum qilishicha, 2019 yilning ikkinchi choragida quyidagi modellarga Android 9 Pie bazasidagi proshivka tarqatiladi:

  1. Xiaomi Redmi Note 6 Pro (Sotib olish)
  2. Xiaomi Redmi Note 5 Pro
  3. Xiaomi Redmi 6 Pro (Sotib olish)
  4. Xiaomi Mi 6X
  5. Xiaomi Mi MIX 2
  6. Xiaomi Mi Note 3

Shuningdek, kompaniya allaqachon Android Pie’gacha yangilangan smartfonlari ro‘yxatini ham e’lon qilgan:

  1. Xiaomi Mi 8 (Sotib olish)
  2. Xiaomi Mi 8 Explorer Edition
  3. Xiaomi Mi 8 Pro (Sotib olish)
  4. Xiaomi Mi 8 SE (Sotib olish)
  5. Xiaomi Mi 8 Lite (Sotib olish)
  6. Xiaomi Pocophone F1 (Sotib olish)
  7. Xiaomi Mi MIX 2S (Sotib olish)
  8. Xiaomi Mi Max 3 (Sotib olish)

O‘QING: Xiaomi yettita rusumdagi Redmi smartfonlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi

Mana bu rusumlardagi qurilmalar esa Android 8 Oreo talqinigacha yangilangan:

  1. Xiaomi Redmi 5A
  2. Xiaomi Redmi 5
  3. Xiaomi Redmi 5 Plus (Sotib olish)
  4. Xiaomi Mi 5X
  5. Xiaomi Mi MIX
  6. Xiaomi Mi MIX 2
  7. Xiaomi Mi 5
  8. Xiaomi Mi 5S
  9. Xiaomi Mi 5S Plus
  10. Xiaomi Mi 6
  11. Xiaomi Mi Note 2
  12. Xiaomi Mi Note 3

Agarda siz yuqoridagi ro‘yxatga kirgan birorta smartfonni ishlatayotgan bo‘lsangiz, yangilanishlarni tekshirib ko‘ring. Bordiyu apdeyt hali yetib kelmagan bo‘lsa xavotirlanmang – odatda proshivkalar bosqichma-bosqich uzatiladi.

O‘QING: Diqqat: barcha Xiaomi smartfonlarida jiddiy xavf borligi aniqlandi!