Rasmiy video: Huawei Mate 40 teginmasdan boshqariladi!

  •   DiMaX
  •  1248
  •  17.10.2020 12:57

Rasmiy video: Huawei Mate 40 teginmasdan boshqariladi!

Huawei kompaniyasi o‘zining Mate 40 turkumi flagmanlarini 22 oktyabr kuni rasman namoyish etishini e’lon qilgan. Biz esa ularning eng zo‘ri – Mate 40 Pro modelining iPhone 12 bilan birga olingan jonli suratini chiqarganmiz.

O‘QING: Xitoylik bu kamerofon DxOMark reytingida Galaxy S20 Ultra va Xiaomi Mi 10 Pro’ni ham «yer tishlatdi»!

Xitoylik texnogigant allaqachon Mate 40 smartfonlarining reklama kampaniyasini boshlab yuborgan. Jumladan, bugun e’lon qilingan rasmiy tizerga ko‘ra, mazkur flagmanlarni masofadan turib boshqarishning yaxshilangan tizimiga urg‘u berilgan.

Masalan, selfi-kamera orqali ishoralar yordamida yangrayotgan qo‘shiq yoki roliklarni o‘tkazish, skrinshotlar olish mumkin bo‘ladi:

Mate 40 turkumi vakillari Kirin protsessorlari bazasidagi so‘nggi smartfonlar bo‘lib qolishi mumkin. Zero, AQSh kiritgan sanksiyalar tufayli Huawei hattoki o‘z chipsetlarini ishlab chiqish huquqidan ham mahrum bo‘lmoqda.

O‘QING: Smartfon bozoridagi eng muvaffaqiyatli kompaniyalar reytingi chiqdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!