Rasmiy video: Xiaomi Mi 10 Ultra cuperflagmanini ichkaridan tomosha qilamiz!

  •   DiMaX
  •  1815
  •  20.08.2020 08:19

Rasmiy video: Xiaomi Mi 10 Ultra cuperflagmanini ichkaridan tomosha qilamiz!

«Xitoycha Apple» kuni kecha Redmi K30 Ultra (yoki Redmi K30 Extreme Commemorative Edition) smartfonining ichki qismlarini bitta-bittalab ajratib olib ko‘rsatgan edi. E’tiborlisi – bu jarayonni aynan Redmi K30 Ultra kamerasida suratga olishgan va videolavha biryo‘la ushbu modelning kamera imkoniyatlarini ham namoyon etgan.

O‘QING: Android 11’dan mahrum etilgan Xiaomi va Redmi smartfonlari ro‘yxati chiqdi

Kompaniya endi o‘zining yubiley tadbirida taqdim etilgan eng zo‘r flagmani – Xiaomi Mi 10 Ultra modelining ham barcha qismlari olib ko‘rsatilgan rasmiy videoni chiqardi. Oldingi rolikdan farqli ravishda, bu gal bevosita ochish jarayonini «jonli» ko‘rsatmagan. Buning o‘rniga, smartfonning qismlari bittama-bitta olinayotgan jarayondan tushirilgan suratlarga izohlar qo‘shilgan holda videolavha tayyorlab taqdim etilgan.

Aytish kerakki, Xiaomi Mi 10 Ultra cuperflagmani DxOMark laboratoriyasi reytingida besh oydan buyon liderlik qilib kelayotgan kamerofonni ham «taxtdan ag‘dargan».

O‘QING: Kutilmagan xavf: Xiaomi smartfonlarida barmoq izi skanerini ham kamera qilib ishlatsa bo‘lar ekan! («jonli» video)