Raspberry Pi kompyuteri bazasida aqlli ko‘zgu yaratishdi (+video)

  •   DiMaX
  •  494
  •  23.05.2020 13:59

Raspberry Pi kompyuteri bazasida aqlli ko‘zgu yaratishdi (+video)

Noodatiy gadjetlar yaratish bilan shug‘ullanuvchi videobloger Eben Kuao yakka platali Raspberry Pi kompyuteri asosida aqlli ko‘zgu ishlab chiqdi. Kishini yuzidan taniy oluvchi mazkur qurilma fantastik filmlardagi kelajak devayslarga o‘xshaydi.

O‘QING: Fantastik filmlardan kirib kelgan 9 texnologiya

Muhandis bunda Raspberry Pi Camera Module V2 kamera moduli, 32 gigabaytgacha bo‘lgan microSD xotira kartasi, micro-HDMI kabeli, 32 dyuymlik monitor, sensor ekran va boshqa ayrim qismlarni qo‘llagan. Eben Kuao ularning barchasini qo‘lbola ramkaga joylab, turli dasturiy ta’minot mahsulotlari bilan ishga tushirgan.

Natijada sensorli kiritish usulini qo‘llovchi, to‘lig‘icha interfaol ko‘zgu yaraldi va eng qizig‘i – u foydalanuvchini yuzidan tanish funksiyasiga ham ega. Gadjet egasini tanib, shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat beradi. Shu bilan birga, panelda vaqt va sana, ob-havo ma’lumotlari, kalendardagi ma’lumotlar ham aks etadi. Umuman olganda, ko‘zguni istalgan ma’lumotni chiqaradigan qilib sozlash mumkin.

Shunday devayslar yig‘ishga qiziquvchilar uchun Eben Kuao batafsil qo‘llanma ham taqdim etgan. Yo‘riqnoma bilan mana bu havola orqali (ingliz tilida) tanishish mumkin, unda kerakli butlovchi qismlar hamda ishlatildigan dasturiy ta’minot haqida ma’lumotlar berilgan.

O‘QING: Smartfoningizni shaffof qilib, barchani hayratga solishni istaysizmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!