Razer eng antiqa simsiz quloqchinni chiqardi – bitta smartfon narxida!

  •   DiMaX
  •  936
  •  14.04.2020 11:10

Razer eng antiqa simsiz quloqchinni chiqardi – bitta smartfon narxida!

Hozirgi zamonda ko‘pchilik uchun eng kerakli aksessuarlardan biri – quloqchin bo‘lib, uning simli, simsiz (faqat ikki pallasi o‘zaro tutashgan) va butkul simsiz turlari bor. O‘yinbop qurilmalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Razer kompaniyasi taqdim etgan yangi naushnik esa jamlanmasining g‘alati ko‘rinishi bilan e’tiborga loyiq.

O‘QING: Olimlar: simsiz quloqchinlar saratonga sabab bo‘ladi!

Aslini olganda, yangi Razer quloqchini funksionaliga ko‘ra boshqalaridan farq qilmaydi. Faqat uning keysini pokemonlar haqidagi o‘yinlar va seriallarda tanilgan pokebol shaklida ishlashgan. Shuningdek, butkul simsiz quloqchinning o‘zi ham eng ommabop pokemon – Pikachuga o‘xshash.

Ushbu qurilma Bluetooth orqali ishlaydi, batareyasining bitta quvvati 3 soat ishlashga yetadi. G‘ilofining o‘zi quloqchinni yana 5 marta to‘liq zaryadlashga yetarli quvvat saqlaydi.

O‘QING: 77 yashar pokemon ovchisi koronavirus sababli o‘zi «ovlandi»

Simsiz quloqchinning har bir pallasi ichida 13 millimetrlik drayver mavjud.

Razer bu quloqchinni mahalliy bozorga mo‘ljallab chiqargan va 16 apreldan sota boshlaydi. Uning narxi 849 yuanga teng – bu taxminan 120 dollarga to‘g‘ri keladi. Mazkur narxda to‘laqonli smartfon ham berishadi-ku, lekin quloqchinni pokemonlar ishqibozlari jon deb olishsa kerak.

O‘QING: 67 655 dollarlik quloqchin qimmatmi? 750 000 dollarligi chiqdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!