Razer har qanday Android-smartfonga tushadigan professional geympad taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  637
  •  11.10.2018 18:13

Razer har qanday Android-smartfonga tushadigan professional geympad taqdim etdi

O‘yinbop qurilmalar ishlab chiqaruvchi Razer kompaniyasi geymerlarga atalgan birinchi maxsus smartfonni taqdim etgandi. Bugun 11 oktyabrda esa uning ikkinchi avlodi – Razer Phone 2 geymerofonini ham namoyish etdi.

O‘QING: Razer Phone 2 o‘yinbop smartfoni taqdimotidan avval savdoga qo‘yildi

Bundan tashqari, mazkur kompaniya avvalroq PlayStation 4 konsoli uchun Raiju nomli o‘yin kontrollerini ham ishlab chiqqandi. Endi esa uning yangi versiyasi – Razer Raiju Mobile geympadini taqdim qildi.

Razer Raiju Mobile – istalgan zamonaviy Android-smartfonga ulab ishlatish mumkin bo‘lgan geympaddir. Telefonga uni Bluetooth kanali orqali ham, USB-C porti yordamida ham ulash mumkin. Asosiysi – smartfon Android 6.0 Marshmallow yoki undan keyingi talqindagi operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlaydigan bo‘lsa bas.

O‘QING: Ilk o‘yinbop smartfon kutilmaganda naq 300 dollarga arzonlashdi!

Kontrollerning vazni ko‘p ham oz ham emas – naq 306 gramm tosh bosadi. Tashqi ko‘rinishidan u Xbox One geympadini eslatadi: xuddi o‘shanday analogli stiklar, tugmachalarga ega xoch shakldagi D-pad, shuningdek sozlash mumkin bo‘lgan qo‘shimcha triggerlarga ega.

Razer Raiju Mobile akkumulyatorini to‘ldirilganida, quvvati naq 23 soatgacha o‘yin o‘ynashga yetarli bo‘ladi. Unga smartfon ulanadigan podstavkani istalgan burchak ostida burash mumkinligi har qanday geymerga ham qo‘l keladi. Kompaniya mazkur gadjetini 150 dollarga baholagan.

O‘QING: Xiaomi yashirgan «Qora Akula» – ikkinchi o‘yinbop smartfon TENAA’da fosh bo‘ldi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!