Razer kompaniyasi Italiya brendi bilan hamkorlikda o'zining ilk moda ko'zoynoklarini taqdim qildi

Razer kompaniyasi Italiya brendi bilan hamkorlikda o'zining ilk moda ko'zoynoklarini taqdim qildi

Geyming aksessuarlari bilan tanilgan Razer kompaniyasi Italiyaning Retrosuperfuture brendi bilan hamkorlikda o'zining yangi "Razersuperfuture" nomli ko'zoynoklarini taqdim qildi. Aytish kerakki, bu Razer'ning ilk ko'zoynaklari emas. Bir necha yil avval kompaniya o'zining Anzu Smart Glasses aqlli ko'zoynaklarini chiqargan edi. Biroq, Razersuperfuture u kabi "aqlli" emas yoxud siz unda hech qanday texnik xususiyatlarni topa olmaysiz.

Ma'lum bo'lishicha, Razersuperfuture ko'zoynaklari ko'proq moda uchun chiqarilgan bo'lib, ularning dizayni D-Cave tomonidan yaratilgan. Qalin ramkali ko'zoynaklarning pastki qismi chang'i uchuvchilar ko'zoynaklarini eslatib yuboradi, lekin Razer dizaynni ko'cha va sport kiyimlaridan ilhomlanib tayyorlanganligini ta'kidlaydi.

Garchi aqlli bo'lmasa ham, Razersuperfuture ko'zoynoklari foydali xususiyatlarga ega. Masalan, uning oynalari fotoxromik linzalar hisoblanadi. Bu degani ular ultrabinafsha A va B nurlarini to'sa oladi va quyosh nuri tushganida qorayadi. Qolaversa, ular telefon yoki monitordan chiqadigan zararli ko'k nurdan ham himoyaga ham ega. Ko'zoynak og'irligi 300/350 grammni tashkil qiladi.

Razersuperfuture 5-may kuni 370 taga cheklangan miqdorda sotuvga chiqariladi. Uning narxi 239 AQSH dollari.