Razer kompaniyasi MagSafe quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lgan yangi kulerni taqdim etdi

Razer kompaniyasi MagSafe quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lgan yangi kulerni taqdim etdi

Seshanba kuni Razer kompaniyasi o‘zining Twitter sahifasida smartfonlar uchun mo‘ljallangan yangi sovutish qurilmasini ishlab chiqarganini ma’lum qildi. 

“Razer Phone Cooler Chroma“ - bu MagSafe quvvatlagichining ishini bajaruvchi sovutish qurilmasi hisoblanadi. Ushbu qurilma Razer Chroma RBG yoritgichlariga ega. Smartfondagi maxsus ilova Bluetooth LE orqali kulerga ulanadi va undagi LED chiroqlarni boshqarish mumkin bo‘ladi. 

Qurilmada yettita parrak bo‘lib, ular har daqiqada 6400 marta aylanadi. Kuler USB-C portida ishlaydi. 

MagSafe quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lgan kuler smartfonga magnit yordamida qadaladi. Shuningdek, qurilmaning qisqichli versiyasi bo‘lib, u MagSafe texnologiyasini qo‘llab-quvvatlamaydi. 

Razer Phone Cooler Chroma qurilmasining narxi 60 dollarni tashkil qiladi. Uni kompaniyaning veb-saytidan sotib olish mumkin. 

O‘QING: To‘rtta vivo smartfonlariga oid yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!