Razer Phone 2: orqa panelining rasmi paydo bo‘ldi

  •   Saroy
  •  565
  •  14.09.2018 10:52

Razer Phone 2: orqa panelining rasmi paydo bo‘ldi

Razer 2 o‘yin smartfonining ikkinchi avlodi yaqinda AnTuTu va Geekbench’da testdan o‘tkazilgan edi, endi uning ajoyib surati ham namoyish etilmoqda. O‘yin smartfoni oldidan ham, orqa tomonidan ham suratga olingan va dizayni haqida to‘liq tasavvur uyg‘otadi. Ko‘rinib turibdiki, Razer 2 ham avvalgilariga o‘xshab, Razer’ning o‘ziga xosligini saqlab qolgan, ya’ni  “g‘isht” ko‘rinishida.

Stereodinamiki oldinga yo‘naltirilgan, ekran atrofidagi pastki va yuqori romi anchagina keng, shuningdek, selfi uchun tuynukcha chap tomonda joylashgan. Oldidan barchasi avvalgidek qoldirilgan.

O‘QING:O‘yin smartfonlarining kelajagi porloqmi?

Afsuski, rasmda orqa panelning yuqori qismi ko‘rinmaydi, chamasi,  Razer Phone 2’da geymerlar uchun juda qo‘l keladigan sensorli panel bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi uni foydalanishning aynan qanday ssenariysini nazarda tutyapti, hozircha tushinish qiyin. Yaqin orada qurilmaninng yangi tafsilotlari e’lon qilinishi kutilmoqda, o‘shanda barchasiga jovob olsa bo‘ladi.

O‘QING:O‘yin tamom, do‘konni yoping: Nintendo emulyatorli saytlar egalarini sudga bermoqchi

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!