«Real» sobiq hujumchisi bitkoinga sotilgan ilk futbolchi bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  834
  •  23.01.2021 09:58

«Real» sobiq hujumchisi bitkoinga sotilgan ilk futbolchi bo‘ldi

Kriptovalyuta hayotning turli jabhalariga kirib kelishda davom etmoqda. «Real Madrid» sobiq hujumchisi David Barral — kriptovalyutaga sotilgan ilk futbolchiga aylandi, deb yozadi Xabar.uz.

O‘QING: «Ahmadboycha» firibgarlik: Twitter’ni buzib kirgan xakerlar Apple, Ilon Mask va boshqalar akkauntlaridan bitkoin o‘g‘irlashdi!

37 yoshli futbolchi Ispaniya uchinchi ligasining «Internasonal» klubi safiga qo‘shildi. Shartnoma qiymati ma’lum qilinmagan.

«Inter Madrid» nomi ostida ham ma’lum ushbu jamoaga Barralning o‘tishi borasida tuzilgan shartnoma qiymati to‘liq bitkoinda belgilangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbol tarixida ilk marotaba bitkoinda shartnoma tuzilishi. Bu haqda ushbu jamoa «Twitter» sahifasiga asoslanib «The Sun» xabar berdi.

Barral yangi kuch va maqsadlar bilan jamoaga kelayotganini, sportdagi faoliyatida hali yutuqlardan umidvorligini ma’lum qilgan.

Barral qirollik klubining asosiy tarkibidan o‘rin ololmagan, «Real Madrid S» jamoasida 50 dan ziyod o‘yin o‘tkazgan, keyinchalik xorij va Ispaniyaning «Apoel», «Sporting» (Xixon), «Levante», «Granada», «Kadis» kabi o‘nlab klublarida to‘p surib, uncha nom qozonmagan. Biroq kriptovalyutaga sotilgan ilk futbolchi sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi.

O‘QING: Toshkentda naq 3 million dollarlik Bitcoin sotgan shaxs qo‘lga olindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!