Real vaqtda emotsiyani ko‘chiruvchi videotizim yaratildi

Real vaqtda emotsiyani ko‘chiruvchi videotizim yaratildi

Erlangen-Nyurnberg Universiteti mutaxassislari Stenford universiteti va Maks Plank jamiyati informatika Instituti tadqiqotchilari bilan hamkorlikda inson yuzidagi emotsiyani (kulgu, g‘amginlik, bezovtalik, hayrat v.b.) boshqa kishi yuzining elektron aksiga ko‘chiruvchi tizim ishlab chiqdilar.

Ushbu kompleks bu amaliyotni real vaqtda bajaradi. Tizim quyidagicha ishlaydi: maxsus kamera 1-odamning yuzi tasviridagi emotsiyani aniqlaydi, olingan elektron ma’lumotni 2-odamning tasviriga mimika ko‘rinishida muhrlaydi.

Bu loyihaning o‘ziga xosligi jarayonni real vaqtda maksimal darajada haqiqiydek namoyish eta olishidir. Videorolikni ko‘rib ishonch hosil qiling.

Xo‘sh, bu texnologiyani qayerda qo‘llash mumkin? Onlayn-videoxizmatlarda bu tizimni joriy qilish muxlislar sonini oshiradi. Bundan tashqari, virtual qahramonlarning hissiyotlarini ekranda aks ettirish uslubi yanada osonlashdi, deb hisoblashimiz mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!