Realme 10 5G taqdim etildi

Realme 10 5G taqdim etildi

Ushbu hafta boshida Realme kompaniyasi o‘zining Realme 10 modelini taqdim etgandi. Endi kompaniya Xitoyda ushbu smartfonning 5G versiyasini taqdim etdi. Dimensity 700 chipida ishlovchi qurilma 50MP asosiy kameraga ega. 

Old tomonda Full HD+ rezolyutsiyadagi 6.6 dyuymli LCD displeyi joylashgan bo‘lib, u 90 gerts yangilanish hamda 180 gerts sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Displeyning yuqori qismidan tomchisimon shakldagi 8MP selfi kamera o‘rin olgan. 

Orqa panelda 50MP asosiy, 2MP makro hamda 2MP sath kameralar joylashgan. 8.1 mm qalinlikdagi smartfon 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator ega bo‘lib, uni 33 vatt tezlikda quvvatlash mumkin. 

Gadjetga ikkita SIM-karta va bitta microSD kartasini o‘rnatsa bo‘ladi. Barmoq izi skaneri yon tomondagi quvvat tugmasidan o‘rin olgan. Smartfon Android 12 operatsion tizimiga asoslangan Realme UI 3.0 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

Smartfonning narxi quyidagicha:

8/128GB - 182 dollar

8/256GB 225 dollar.

Qurilma katta ehtimol bilan xalqaro bozorga ham sotuvga chiqadi. Oddiy model 4G va 5G versiyalarda taqdim etildi. 17 noyabr sanasida kompaniya Realme 10 Pro va 10 Pro+ modellarining ham taqdimotini o‘tkazadi. 

O‘QING: Xiaomi bilan hamkorlik qilayotgan taniqli kamera kompaniyasi o‘zining yangi smartfonini chiqardi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.