Realme'ning yangi smartfoni taqdimot sanasi e'lon qilindi

Realme'ning yangi smartfoni taqdimot sanasi e'lon qilindi

Bir necha kunlik tizer suratlardan keyin Realme rasman o'zining yangi smartfonlari – Realme 10 seriyasini 9-noyabr kuni chiqarishini e'lon qildi. Ma'lum bo'lishicha, Realme 10 smartfonlari qatori oddiy va Pro modellarni o'z ichiga oladi va ular ham 4G, ham 5G qo'llab-quvvatlanishi bilan chiqariladi.

Tahminlarga ko'ra, Realme 10 4G modeli 90 gerts yangilanish tezligiga ega 6.5 dyuymli FHD+ AMOLED displeyga va 50 MP asosiy kameraga ega bo'ladi va Helio G99 chipsetida 4/8 GB RAM va 128/256 GB xotira bilan Android 12'ga asoslangan Realme UI 3'da ishlaydi.

Realme 10 Pro modellari esa MediaTek'ning 200MP kamerani qo'llab-quvvatlaydigan Dimensity 1080 chipiga ega bo'lishi, 6.7 dyuymli displey va 5,000 mA/s batareya bilan jihozlanishi kutilmoqda. Qolaversa, Pro model Galaxy S22 Ultra'dan ham ingichka, 2.3 millimetrli pastki "jag'"ga ega bo'lishi mish-mish qilinmoqda.

O'QING: Xiaomi 12S Ultra smartfoning yangi versiyasi chiqarildi