Realme 7 5G chiqdi – Yevropadagi eng arzon 5G-smartfon!

  •   DiMaX
  •  1864
  •  19.11.2020 17:48

Realme 7 5G chiqdi – Yevropadagi eng arzon 5G-smartfon!

OPPO kompaniyasining arzonchi subbrendi Yevropada o‘zining Realme 7 5G smartfonini namoyish qildi. Bungacha mazkur turkumda Realme 7 va Realme 7 Pro geymerofonlari chiqqan, yana Realme 7i modeli ham taqdim etilgan.

O‘QING: Bu smartfonsoz Samsung, Xiaomi, Vivo, Apple va Huawei’dan ham o‘zib, mutlaq rekord o‘rnatdi!

Realme 7 5G ham tashqi ko‘rinishi jihatidan shu smartfonlarga o‘xshash, lekin kuchliroq. Diagonaliga 6.5 dyuymlik IPS-displey 120 gerslik chastotada yangilanadi. Uning yuqori chap burchagida 16 megapiksellik selfi-kamera uchun tirqish bor. Smartfon korpusi plastikdan ishlangan, barmoq izi skaneri o‘ng qirradagi yoqish-o‘chirish tugmachasiga integratsiya qilingan.

Realme 7 5G modeli yangi protsessor – MediaTek Dimensity 800U bazasiga qurilgan. Mazkur chipset 7 nanometrlik texnologik jarayonga asoslangan bo‘lib, uning hisoblovchi o‘zagi 2.4 GGs.lik Cortex-A76 hamda 2.0 GGs.lik Cortex-A76 yadrolarini o‘z ichiga olgan. Protsessor jamlanmasiga yana Mali-G57 videotezlatgichi va 5G-modem ham kiritilgan bo‘lib, u sub-6GHz, SA hamda NSA tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: Realme’ning hamyonbop smartfoni AnTuTu’da hatto Galaxy S20 Ultra va Galaxy S20+ flagmanlarini «yer tishlatdi»!

Realme 7 5G avtonomligini 5000 mA/soatlik akkumulyator ta’minlaydi, komaniya uni 30 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan ta’minlagan. Kompaniya uni tezkor/doimiy xotirasi hajmiga ko‘ra bittagina – 6/128 gigabaytlik variantda chiqargan.

Smartfon Android 10 operatsion tizimi ustiga qurilgan Realme UI grafik qobig‘i bilan taqdim etilgan. Uning kvadrokamerasida asosiy datchik 48 megapiksellik (f/1.8) bo‘lsa, 8 MPlik ikkinchi sensor keng burchakli (ko‘rish burchagi 119 darajali) ob’yektiv bilan taqdim etilgan. Shuningdek, bosh kamera jamlanmasida har biri 2 megapiksellik yana ikkita – portretlar uchun va makrofotografiya sensorlari mavjud.

Savdosi 27 noyabrdan boshlanadigan Realme 7 5G modeli Yevropadagi eng arzon 5G-smartfon sifatida maydonga kirib kelmoqda. Kompaniya uning uchun 279 yevro miqdorida narx belgilagan bo‘lib, «Qora juma» kuni esa bu smartfon naq 50 yevrolik chegirma bilan sotiladi.

O‘QING: Samsung O‘zbekiston: 30 noyabrgacha smartfon oling – poverbank sizga sovg‘a!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!