realme 7 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

realme 7 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Nomidan ham ko‘rinib turganidek, realme 7 5G smartfonining asosiy jihati uning 5G tarmog‘ida ishlay olishidir. Qurilma yangi MediaTek Dimensity 800U chipida ishlaydi.

Dimensity chiplari bir qancha vaqtdan beri Xitoy bozoridagi smartfonlarga qo‘yib kelinmoqda, realme 7 5G esa mazkur chipda ishlaydigan Yevropada ham sotuvga chiqqan ilk smartfondir. realme 7 5G, shuningdek, Yevropa bozoridagi smartfonlar orasida 5G+5G DSDS texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi ilk hamyonbop smartfon sifatida ham marketing qilinmoqda.

Keling, endi realme 7 5G smartfonining texnik jihatlari bilan tanishib chiqamiz:

> Korpus: 162.2x75.1x9.1 mm, 195 g; plastik korpus; chang va suv o‘tkazmaydigan port va karnaylar; ranglar: Baltic Blue (Mist Blue).

> Displey: 6.50" IPS LCD, 120Hz, 480 nit, 1080x2400 piksel rezolyutsiyasi, 20:9 forma faktori, 405 piksel/dyuym zichlik.

> Chipset: MediaTek Dimensity 800U 5G (7 nm): sakkiz yadroli (2x2.4 Ghz Cortex-A76 & 6x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G57 MC3.

> Xotira: 6GB/128GB 6GB, 8GB/128GB; UFS 2.1; microSDXC.

> Operatsion tizim/Qobiq: Android 10, realme UI 1.0.

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 48MP, f/1.8, 26mm, 1/2.0", 0.8µm, PDAF; •Ultrakeng: 8MP, f/2.3, 119° ko‘rish maydoni, 1/4.0", 1.12µm; •Makro: 2MP, f/2.4; •Sath: 2 MP, f/2.4; LED chiroq, HDR, panorama.

> Old mamera: 16 MP, f/2.1, 26mm (keng), 1/3.06“, 1.0µm; HDR.

> Akkumulyator: 5,000 mAs; 30 Vt tezkor quvvatlash; 26 daqiqada 50%, 65 daqiqada 100% quvvat (reklamaga ko‘ra); teskari quvvatlash.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (yon tomonda), akselerometr, giroskop, yaqinlik datchigi, kompass, NFC.

Turli toifa va seriyadagi smartfonlar chiqarishdan realme’ning aniq maqsadi nima ekanini aniq bilmaymiz. Modellar bir-biridan keskin farq qiladi, ularning sotuvda mavjudligi ham bozordan-bozorga farq qiladi. realme 7 5G smartfoni hamyonbop smartfon uchun noodatiy funksiyalar jamlanmasidan iborat.

Masalan, 120Hz ekran yangilanish chastotasi. 90Hz chastota allaqachon qator hamyonbop smartfonlarda, misol uchun, realme 7i va realme Narzo 20 Pro'larda mavjud; kompaniya realme 7 5G smartfonida ham 90Hz yangilanish chastotasini joriy qilsa bo‘lar edi. Bundan tashqari, 30 Vt tezkor quvvatlash imkoniyati, 5,000 mAs akkumulyator, protsessorning o‘rtacha darajadagi unumdorligi ham hamyonbop smartfonni yaxshi taklifga aylantirgan.

Qurilmaning bazaviy 6/128GB versiyasini 330 dollardan boshlab sotib olish mumkin. Bu Yevropa bozori uchun anchayin qulay narx.

Qadoq tarkibi
realme 7 5G smartfoni ko‘zni oluvchi och sariq qutida sotiladi. Qadoqning bir necha joyiga «5G» deb yozilgan. 30 Vt lik Dart Charge (5V@6A) adapteri ham qadoq ichida bo‘ladi. Bunga qo‘shimcha, yaxshi sifatli, qalin USB-A-to-USB-C kabeli ham qadoq tarkibidan joy olgan.

Qo‘shimcha aksessuarlardan esa shaffof silikon g‘ilofi, ekranga oldindan qoplangan protektorlarni ham quti ichidan topishingiz mumkin.

O‘QING: Honor 10X Lite'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!