Realme 7 ham «ajdod»ining rekordini yangiladi!

  •   DiMaX
  •  1471
  •  11.09.2020 11:42

Realme 7 ham «ajdod»ining rekordini yangiladi!

Oppo korporatsiyasi Redmi bilan raqobatlashish uchun tashkil etgan Realme subbrendi martning boshida o‘zining ikkita yangi smartfonini taqdim etgan edi. Bular – Realme 6 hamda Realme 6 Pro modellari bo‘lib, tegishlicha Redmi Note 9 hamda Note 9 Pro smartfonlarining eng asosiy raqiblari hisoblanadi.

O‘QING: realme smartfonlarining 6-seriyasi va C3 telefoni yurtimizda sotuvga chiqyapti!

Mazkur kompaniya yaqinda ularning keyingi avlodi – Realme 7 hamda Realme 7 Pro smartfonlarini chiqarganidan xabaringiz bor. Oppo kecha – 10 sentyabr kuni Realme 7 modelini savdoga chiqardi va u sotilishi bo‘yicha Realme 6 rekordini yangiladi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, birinchi partiyadayoq 180 000 donadan ortiq Realme 7 smartfoni sotilib, rekord o‘rnatgan va uning zaxiralari bo‘shab qolgan! Realme uning 17 sentyabrda sotuvga qo‘yiladigan keyingi partiyasigacha ko‘proq smartfon tayyorlab qo‘yishga va’da berdi.

Realme 7 smartfonining tezkor/ichki xotirasi 6/64 GBlik varianti 204 dollar, 6/128 gigabaytligi esa 231 dollarga baholangan. Uning va Realme 7 Pro modelining texnik xususiyatlari bilan mana bu xabarimizda batafsil tanishish mumkin.

O‘QING: O‘z egasini rozi qilgan TOP-10 smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.