realme 7 Pro'ning to‘liq texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishing

realme 7 Pro'ning to‘liq texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishing

realme bir yilida ikkita byudjet smartfon sotuvga chiqarishni odatga aylantirdi va, jadvalga muvofiq, realme 6 taqdimotidan olti oy o‘tib realme 7 va 7 Pro modellari sotuvga chiqdi.

realme 7 Pro oldingi seriyaga nisbatan juda ko‘p o‘zgarishlarga ega bo‘ldi va ularning aksariyati sezilarli apgreydlar bo‘lsa, boshqalari mijozlarga yoqmasligi mumkin bo‘lgan bir qator jihatlar hisoblanadi. Misol uchun, orqa kamera panelidan telefoto kamerasi, old tomondan esa ultrakeng burchakli kamera olib tashlangan.

...

Keling, endi realme 7 Pro'ning texnik jihatlari bilan yaqindan tanishib chiqamiz.

realme 7 Pro'ning texnik jihatlari:

> Korpus: plastik 160.9 x 74.3 x 8.7 mm, 182 g; old tomonda Gorilla Glass 3 shishasi.

> Ekran: 6.4" Super AMOLED, FHD+ (1080 x 2400p) rezolyusiya.

> Kamera: Asosiy: 64MP, f/1.8 apertura; Ultakeng burchakli: 8MP, f/2.3 apertura; Makro: 2MP, f/2.4 apertura; Sath: 2MP.

> Old kamera: 32MP, f/2.5 apertura.

> Chip: Snapdragon 720G (8 nm) sakkiz yadroli: (2x2.3 GHz Kryo 465 Gold & 6x1.8 GHz Kryo 465 Silver).

> Xotira: 6/64GB, 8/128GB + microSD uyasi.

> Operatsion tizim: Android 10, realme UI.

> Akkumulyator: 4,500 mAs, 65 Vt tezkor quvvatlash.

> Aloqa: 4G LTE, Qo‘sh-SIM, Bluetooth 5.1, GPS, USB Type-C 2.0.

> Boshqa: ekranosti barmoq izi kaneri, stereo karnay.

> Narxi: 370 dollar atrofida.

Qadoq tarkibi

realme 7 Pro Retail Boxrealme 7 Pro qadog‘i realme 7 qadog‘iga o‘xshash. qadoq tarkibida smartfondan tashqari 56 vattli quvvatlagich, USB-C kabeli va shafof silikonli g‘ilof bo‘ladi. Shubhasiz, bu byudjet sinfidagi smartfonlar orasida eng yaxshi qadoqlardan biri.

O‘QING: Xiaomi Poco X3 NFC'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!