realme 8 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

realme 8 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

realme 8 5G'ni nomidan realme 7 5G'ning davomchisi deb o‘ylarsiz, ammo realme 8 5G ba’zi jihatlari bilan oldingi avlod smartfonidan ortda qoladi.

O‘QING: Dimensity 700 chipi, 90Hz LCD ekranga ega realme 8 5G smartfoni taqdim qilindi

Shunday bo‘lsa-da, realme 8 5G texnik jihatlari juda ham muvozanatlashgan quyi toifa smartfonidir. Qurilma 90Hz 1080p LCD ekrani, yetarlicha kuchli Dimensity 700 5G chipi, uchta orqa kamera va 18 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs akkumulyatorga ega. Bularning barchasi chiroyli korpus ichiga jamlangan.

realme 8 5G smartfoniga Dimensity 700 chipi o‘rnatilgan va 64GB bazaviy xotiraga ega. Oldingi avlod realme 7 5G modeli esa nisbatan kuchli Dimensity 800U chipi va 128GB bazaviy xotira sig‘imiga ega bo‘lgan. realme 7 5G'da, shuningdek, 8MP ultrakeng kamera, suvdan himoyalangan portlar va Gorilla Glass himoyasi bor edi. Yangi modelda, afsuski, bularni ko‘rmaymiz.

realme 8 5G'ning texnik jihatlari:

> Koprus: 162.5x74.8x8.5 mm, 185G; old panel shishadan, orqa panel va rom plastikdan ishlangan.

> Displey: 6.50" IPS LCD, 90Hz, 480 nit (doimiy), 600 nit, 1080x2400p rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 405ppi zichlik.

> Chipset: MediaTek MT6833 Dimensity 700 5G (7 nm): sakkiz yadroli (2x2.2 GHz Cortex-A76 & 6x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G57 MC2.

> Xotira: 64GB 4GB RAM, 128GB 4GB RAM, 128GB 6GB RAM, 128GB 8GB RAM; UFS 2.1; microSDXC (maxsus slot).

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, realme UI 2.0.

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 48 MP, f/1.8, 26mm, PDAF; •Makro: 2 MP, f/2.4; •Sath: 2 MP, f/2.4.

> Video yozuv: •Orqa kamera: [email protected] kadr/sek.; •Old kamera: [email protected] kadr/sek.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (yon tomonda), NFC, 3.5 mm audio jek.

> Narxi: 418 dollar.

Qadoq tarkibi
realme 8 5G kompaniyaning tashrif qog‘oziga aylangan sariq rangli qutida sotiladi. Qadoq ichida 18 vattlik quvvatlagich adapter, USB-C kabeli va yumshoq shaffof g‘ilof bor.

O‘QING: realme tanlov e’lon qildi: ishtirok eting va 10,000 AQSh dollarigacha pul mukofotiga ega bo‘ling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!