realme 8 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

realme 8 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Agar oldingi realme modellariga asoslanib xulosa qilsak, kompaniya ishlab chiqargan smartfonlar avvalgi modellarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yangilangan versiyasi emasligini tushunamiz. Ko‘p hollarda, yangi taqdim qilingan smartfon o‘tgan avlod modelidan boshqacha bo‘ladi — yangi qurilmaning ba’zi jihatlari yaxshilangan, ba’zi jihatlardan esa voz kechilgan, narx esa deyarli o‘zgarmagan bo‘ladi. realme 8 Pro'da ham xuddi shunday.

O‘QING: realme X7 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Yangi realme 8 Pro'ning realme 7 Pro'dan eng farqli tomoni unga o‘rnatilgan 108MP asosiy kameradir. Yangi kamera nafaqat tun-u kun yuqori sifatli foto va videolar olish imkonini beradi, balkim yangicha binning va tasvirga ishlov berish algoritmlari sabab sifati buzilmagan 3 karra zumni ham taqdim etadi. Qolgan kameralar: 8MP ultrakeng, 2MP makro va 2MP sath kameralaridir.

realme 8 Pro qum bilan ishlov berilgan yangicha, ajoyib orqa panelga ham ega. Qurilmaning qolgan jihatlari esa oldingi modeldagidan deyarli o‘zgarishsiz qolgan. 6.4" 1080p Super AMOLED ekran, Snapdragon 720G platformasi va 4,500 mAs akkumulyatorlarni bunga misol qilib keltirish mumkin.

Vaholanki, realme 8 Pro mahrum qilingan ba’zi komponentlar ham yo‘q emas. Masalan, devays faqatgina bitta karnay bilan jihozlangan, quvvatlanish tezligi 50 Vt ga tushirilgan, selfi kamera rezolyutsiyasi esa ikki baravarga qisqartirilgan. Qizig‘i, suv o‘tkazmaydigan qoplamadan ham voz kechilgan.

realme 8 Pro'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 160.6x73.9x8.1 mm, 176 g; old panel shishadan, rom va orqa panel plastikdan ishlangan.

> Displey: 6.40" Super AMOLED, 430 nit (odatiy), 1000 nit (maks.), 1080x2400p rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 411ppi zichlik; Always-on Display.

> Chipset: Qualcomm SM7125 Snapdragon 720G (8 nm): sakkiz yadroli (2x2.3 GHz Kryo 465 Gold & 6x1.8 GHz Kryo 465 Silver); Adreno 618.

> Xotira: 128GB 6GB RAM, 128GB 8GB RAM; UFS 2.1; microSDXC (maxsus slot).

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 108 MP, f/1.9, 26 mm, 1/1.52", 0.7µm, PDAF; •Ultrakeng: 8 MP, f/2.3, 119˚, 16 mm, 1/4.0", 1.12µm; •Makro: 2 MP, f/2.4; •Sath: 2 MP, f/2.4.

> Video yozuv: •Orqa kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30/60/120/480 kadr/sek., 720p@960 kadr/sek., giro-EIS; •Old kamera: 1080p@30/120 kadr/sek., giro-EIS.

> Akkumulyator: 4,500 mAs; 50 Vt da tezkor quvvatlanish, 50% 17 daq., 100% 47 daq. (reklamaga ko‘ra).

> Boshqa: barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); 3.5 mm audio jek.

> Narxi: 257.96 AQSh dollari (6GB/128GB)

realme 8 Pro qurilma funksiyaviyligini oshiruvchi ko‘plab elementlar, masalan, 3.5 mm audio jek, NFC, maxsus microSD karta sloti va qo‘sh-SIM qo‘llab-quvvatlanishi kabilarga ega.

realme 8 Pro modeli 7 Pro yoki 6 Pro'larning takomillashgan talqini emas, balkim hamyonbop narx evaziga taqdim qilingan qator yaxshi funksiyalar to‘plamidir.

Qadoq tarkibi
Smartfon, har doimgidek, sariq qutida sotiladi. Qadoq ichidan SuperDart 65 Vt lik zaryadchik, USB-A ga USB-C kabeli va shaffof silikon g‘ilof o‘rin egallagan.

O‘QING: realme 7 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!