realme 8i'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

realme 8i'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

realme 8i qurilmasi realme 8 seriyasining eng hamyonbop smartfoni, ammo uning texnik jihatlari realme 8 seriyasidagi boshqa smartfonlarnikidan qolishmaydi. Qurilmani o‘yin o‘ynashni yoqtiruvchilar hamda kameradan ko‘p foyadalanadiganlar uchun yartilgan smartfon deyish mumkin. Chunki u 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi displey hamda 50MP asosiy kamera bilan jihozlangan.

O‘QING: realme GT Master'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Foto: GSMArena

Qurilma ko‘plab qiziqarli funksiyalarga egaligi uchun uni serqirra smartfon deyish mumkin.

realme 8i smartfoni 6.6 dyuymli IPS LCD displeyiga ega bo‘lib, ushbu displey 120Hz ekran yangilanish hamda 180Hz sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfon Helio G96 chipi bilan jihozlangan bo‘lib, yangi Mali-G52 grafik protsessori sabab ushbu chip avvalgi Helio G modellariga qaraganda yuqori unumdorlikni taqdim etadi. Qurilmaning 4/64GB hamda 6/128GB xotira turiga ega bo‘lgan versiyalari bo‘lib, ularning xotirasini microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin.

Smartfonning asosiy kamerasi Samsung'ning 50MP sensori bilan jihozlangan bo‘lib, u yaxshi darajadagi suratlarni olishga qodir. Shuningdek, realme 8i qurilmasi 2MP makro, 2MP sath kameralariga ega. Uning akkumulyator sig‘imi 5,000 mAs bo‘lib, uni 18 vattda quvvatlash mumkin.

Foto: GSMArena

realme 8i'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 164.1x75.5x8.5mm, 194g; old shisha, orqa panel shisha, plastik rom.

> Displey: 6.60 dyuymli IPS LCD, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, 600 nit yorqinlik, 1080x2412 piksel rezolyutsiya, 20.1:9 forma faktori, 400ppi zichlik.

> Chipset: Mediatek Helio G96 (12 nm): Sakkiz yadroli Sakkiz yadroli (2x2.05 GHz Cortex-A76 & 6xX.X GHz Cortex-A55); Mali-G57 MC2.

> Xotira: 4/64GB, 8/128GB; UFS 2.1; microSDXC.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, realme UI 2.0.

> Kamera: Asosiy kamera: 50MP, f/1.8, 26mm1/1.31“, 1.2µn, PDAF; Makro kamera: 2MP, f/2.4; Sath kamera: 2MP, f/2.4.

> Selfi kamera: 16MP, f/2.1, (keng) 1/3.0“, 1.0µm.

> Video yozuv: Asosiy kamera: 1080p@30 kadr/sek; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 5,000 mAs, 18 vatt quvvatlash texnologiyasi.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); 3.5mm audio jek.

Avvalgi avlod realme 7i bilan taqqoslaganda, 8i'ning ancha takomillashganini ko‘rish mumkin. Bunga 120Hz displey, unumdorligi yuqori bo‘lgan chip hamda yuqori rezolyutsiyadagi kameralarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Birgina kamchilik bu - yangi smartfon ultrakeng kameradan mahrum bo‘lgan.

Smartfonda suv va changga qarshi hech qanday IP standarti mavjud emas, biroq 3.5mm audio jek hamda microSD uyasining borligi yaxshi holat.

Qadoq tarkibi

Boshqa realme smartfonlari singari 8i ham sariq qutida sotiladi. Qutidan 18 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli, shaffof silikon g‘ilof o‘rin olgan.

Foto: GSMArena

O‘QING: realme GT 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!