realme 9 Pro va realme 9 Pro+ modellarining narxi hamda sotuvga chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi

realme 9 Pro va realme 9 Pro+ modellarining narxi hamda sotuvga chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi

realme 9 Pro+ smartfonining 6/128GB hamda 8/128GB xotiraga ega bo‘lgan versiyalari sotuvga chiqariladi. 6/128GB xotira hajmli versiyaning narxi 280 dollarni tashkil qiladi. 

realme 9 Pro modelining 4/128GB xotiraga ega bo‘lgan turi esa 228 dollar narxda sotuvga chiqadi. Ikkala telefon ham Sunrise Blue, Aurora Green va Midnight Black ranglarda taqdim etiladi. 

realme 9 Pro modeliga 120Hz yangilanish chastotada ishlovchi 6.59 dyuymli FHD+ AMOLED displeyi, Snapdragon 695 chipi, 6GB tezkor hamda 128GB doimiy xotira, 33 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatiladi. 

Kameralar haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, qurilmaning orqa panelidan 64MP, 8MP va 2MP sensorlar o‘rin oladi. Selfi kameraning rezolyutsiyasi esa 16 megapikselni tashkil qiladi. 

realme 9 Pro+ modeli esa 90Hz yangilanish chastotasida ishlovchi 6.43 dyuymli FHD+ AMOLED displeyi, Dimensity 920 chipi, 8GB tezkor hamda 256GB doimiy xotira, 65 vattda quvvat oluvchi 4,500 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi.  

Shuningdek, qurilamaga 16MP selfi kamera va optik tasvir barqarorligini qo‘llab-quvvatlaydigan 50MP asosiy kamera o‘rnatiladi. 

Smartfonlarning taqdimoti 16-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. 

O‘QING: Redmi K50 yuqori sifatli renderda namoyish etildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.