realme 95 dollarlik smartfonni taqdim etdi

realme 95 dollarlik smartfonni taqdim etdi

realme C30 modeli shu yilning iyun oyida taqdim etilgan edi. Endi kompaniya realme C30s modelini rasman e’lon qildi. Yangi model kamera, ekran va interfeys jihatidan avvalgi modelga o‘shash bo‘lsa, farqli tomoni - C30s modeliga yangi chip hamda yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri o‘rnatilgan. 

Smartfon Unisoc CS9863A chipida ishlaydi. Chipda sakkizta Cortex-A55 CPU yadrolari joylashgan bo‘lib, ular ikkita klasterga joylashgan. 1.6 gigagertsli to‘rtta yadro unumdorlik uchun, 1.2 gigagertsli qolgan to‘rttasi esa samaradorlik uchun javob beradi. Xotiraning 3/32 hamda 4/64GB turlari mavjud. 

realme C30 modelida barmoq izi skanerini yo‘q edi. C30s modeli esa ushbu xususiyatga ega bo‘ldi. Sensor yon tomondagi quvvat tugmasidan o‘rin oldi. Old tomonda HD+ rezolyutsiyadagi 6.5 dyuymli LCD displeyi joylashgan. Uning yuqori qismidan esa tomchisimon shakldagi 5MP selfi kamera o‘rin olgan. Orqa panelda faqat bitta 8MP asosiy kamera joylashgan. 

Gadjet byudjet sinfidagi smartfonlar uchun mo‘ljallangan Android 12 Go operatsion tizimiga asoslangan realme UI grafik qobig‘ida ishlaydi. Unga 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, u microUSB porti orqali quvvat oladi. Smartfonda 3.5 mm audio jek hamda ikkita SIM-karta va bitta microSD karta uchun uya mavjud. 

realme C30s modeli qora va ko‘k ranglarda taqdim etildi. Uning narxi quyidagicha:

3/32GB - 95 dollar

4/64GB - 113 dollar

Smartfon 23 sentyabrda sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Ikkinchi avlod Xiaomi Civi modeli chiqmoqda 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.