realme 9i'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

realme 9i'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Yangi realme 9 seriyasi 2022 yilning yanvar oyida taqdim etilishi kutilmoqda. Seriya kamida to‘rtta smartfondan tashkil topadi.

Hozircha lineykadagi smartfonlar orasida realme 9i'ning texnik jihatlari The pixel.vn tomonidan sizdirildi. Ishonchli insayder Chun esa sizdirilgan ma’lumotlarni o‘z Twitter sahifasida tog‘ri ekanligini tasdiqladi. 

Qurilma 90Hz chastotada ishlovchi FHD+ rezolyutsiyadagi LCD displeyi bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, smartfonga 6 nanometrlik jarayon asosida yaratilgan Snapdragon 680 chipi o‘rnatiladi. Ushbu chip Kyro 265 yadrolari, Adreno 619 grafik protsessori va 4G LTE modemiga ega. 

Insayder, shuningdek, smartfonning orqa panelida uchta kamera bo‘lishi haqida ma’lumot bergan. Asosiy kamera rezolyutsiyasi 50 megapikselni tashkil qiladi. Selfi kamera esa displey yuqori qismining chap tomonidan o‘rin oladi. 

Seriyada yana realme 9, realme 9 Pro hamda realme 9 Pro+ smartfonlari ham bo‘ladi. Ushbu smartfonlarga oid ma’lumotlar yaqin kunlar ichida e’lon qilinadi. 

O‘QING: Huawei Mate V buklamafonining renderlari e’lon qilindi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!