Realme atigi 95 dollarlik 5G-smartfonni rasman e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  1770
  •  28.06.2021 17:29

Realme atigi 95 dollarlik 5G-smartfonni rasman e’lon qildi

Oppo korporatsiyasining subbrendi yaqinda Realme Q3i 5G rusumli – bor-yo‘g‘i 153 dollarlik mobil telefonini chiqargan. Ushbu model hozir beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi eng arzon smartfon bo‘lib turibdi.

O‘QING: iPhone SE 2022 modeli Apple’ning eng arzon va ixcham 5G-smartfoni bo‘ladi

Eng tez rivojlanayotgan smartfonsoz bo‘lmish Realme kompaniyasi bu bilan ham to‘xtab qolmoqchi emas. Bu haqda uning Hindiston va Yevropa bo‘linmasi boshlig‘i Madhav Shet (Madhav Sheth) kuni kecha India Today Tech nashriga bergan intervyusida e’lon qildi.

Madhav Shet so‘zlariga ko‘ra, kompaniya yaqin orada narxi taxminan 95 AQSh dollariga to‘g‘ri keluvchi yangi 5G-smartfon taqdim etadi. Uning xususiyatlari aytilmagan bo‘lsa-da, MediaTek protsessori bazasiga qurilgan bo‘lishini taxmin qilish mumkin.

Dunyodagi eng arzon 5G-smartfon namoyishi shu yilning kuzidayoq Hindistonda bo‘lib o‘tadi. Realme uni keyinroq global bozorda ham sotuvga chiqarsa kerak.

O‘QING: Uyingizda hatto 5G baza stansiyasidan ham ko‘proq nurlanish taratuvchi jihozlar bor!