Realme avjiga chiqyapti: birdaniga sakkizta yangi gadjet!

  •   DiMaX
  •  1237
  •  14.05.2020 10:27

Realme avjiga chiqyapti: birdaniga sakkizta yangi gadjet!

Kuni kechagina Realme Hindistonda Narzo yangi turkumining ilk vakillari – Narzo 10 hamda Narzo 10A smartfonlarini namoyish qilgan edi. Oppo korporatsiyaga qarashli mazkur kompaniya darrov nvbatdagi yirik taqdimotiga taklif etyapti!

O‘QING: «Qoch yo‘ldan, Redmi!» – eng arzon, tag‘in NFC va 120 Gs ekranli, kvadrokamerali 5G-smartfon sotuvga chiqdi

Rasmiy posteriga qaraganda, 25 may kuni Realme onlayn anjuman o‘tkazib, birdaniga sakkizta yangi devaysini namoyish etmoqchi!

Yuqoridagi suratda smartfon, portativ akkumulyator – poverbank hamda simsiz quloqchin tasvirlangan. Qolgan beshta yangi mahsulotning aynan qaysi turga mansub ekani hozircha noma’lum.

O‘QING: Bir yilda 500 foizga o‘sgan rekordchi brend birinchi bo‘lib 4G-smartfonlardan voz kechadi!

Yana bitta poster esa Realme ushbu yangi smartfonini Blade Runner («Tig‘ uzra yuguruvchi») kodli nomi ostida tayyorlayotganini ko‘rsatyapti:

Aytish kerakki, Realme ikki yil ichida eng tez o‘sayotgan smartfon brendiga aylanib ulgurdi, hali boshqa birorta smartfonsoz bunaq o‘sishga erishgan emas. Turli telefonlardan tashqari, u Realme Band smart-brasleti, Realme TV va yana Xiaomi’ning uch xil gadjeti «kushanda»larini va boshqa har xil qurilmalarni namoyish etgan.

O‘QING: «Chetroq tur, Xiaomi!» – Realme yana bir turdagi ilk devaysini taqdim etyapti

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!