Realme bor-yo‘g‘i 185 dollarga «beli baquvvat» 5G-smartfon chiqardi!

  •   DiMaX
  •  1161
  •  06.02.2021 15:51

Realme bor-yo‘g‘i 185 dollarga «beli baquvvat» 5G-smartfon chiqardi!

OPPO korporatsiyasining subbrendi yaqinda o‘zining yangi arzon smartfoni – Realme C20 modelini taqdim etgan edi. Endi esa u beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llab-quvvatlaydigan telefon chiqardi.

O‘QING: Oltita rusumdagi smartfonga Android 11 asosidagi Realme UI 2.0 tarqatilmoqda

Yangi smartfon Realme V11 5G deb nomlangan bo‘lib, MediaTek kompaniyasi 2020 yilning noyabrida taqdim etgan Dimensity 700 protsessori bazasida ishlaydi. Qurilmaning diagonaliga 6,5 dyuymlik ekrani HD+ formatida (1600x720 piksellik), uning tomchisimon kemtigiga esa 8 megapiksellik kamera joylangan.

Realme V11 5G bosh kamerasi 13 va 2 megapiksellik sensorlardan iborat bo‘lib, uning jamlanmasiga LED-chaqnoq hamda sun’iy ong moduli ham kirgan. Kompaniya uni Android 10 operatsion tizimi asosida ishlab chiqilgan Realme UI grafik qobig‘i bilan taqdim etgan.

O‘QING: O‘zbekistonda 2G, 3G, 4G va 5G texnologiyalari: Tezkor internetga ulash qanday ketyapti?

Yangi 5G-smartfonning yana bir muhim jihati – 5000 mA/soatlik akkumulyatoridir. USB Type-C porti orqali batareya 18 vattlik quvvat bilan tezkor zaryadlana oladi.

Realme V11 5G korpusining o‘lchamlari 164,4x76x8,4 millimetrga teng, vazni esa 186 gramm tosh bosadi. Uni simsiz interfeyslardan 5G, 4G VoLTE, Wi-Fi (802.11 ac, 2,4 GGs va 5 GGs), Bluetooth 5 hamda GPS bilan ta’minlashgan.

Ikki xil – moviy hamda kul rang korpuslarda taklif etiluvchi Realme V11 5G bozordagi eng arzon 5G-smartfonlardan biri bo‘ldi. Xitoyda uni allaqachon sotuvga chiqarishgan; tezkor/ichki xotirasi 4/128 gigabaytlik varianti 185 dollar, 6/128 gigabaytligi esa 216 dollarga baholangan.

O‘QING: 2021 yil yanvardagi eng zo‘r o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu reytingi)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!