realme eng tezkor smartfon quvvatlash texnologiyasini taqdim qilmoqchi

realme eng tezkor smartfon quvvatlash texnologiyasini taqdim qilmoqchi

28-fevraldan boshlab 4 kun davomida Barcyelonada Mobile World Congress 2022 bo‘lib o‘tadi. Unda texno-gigant kompaniyalar o‘zlarining yangiliklarini ulashishadi.

Xitoyning yetakchi smartfon ishlab chiqaruvchilaridan biri realme kompaniyasi MWC 2022'da o‘zining dunyodagi eng tez smartfon zaryadlash texnologiyasini taqdim qilishini o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi. 

Afsuski, texnologiya haqida hozircha ko‘p narsalar ma’lum emas, lekin mish-mishlarga ko‘ra realme 150 Vt tezlikdagi quvvatlash texnologiyasini taqdim qilishi mumkin. 

Shunday bo‘lsa-da, Xiaomi o‘tgan yili 4000 mA/s batareyani 8 daqiqada quvvatlay oladigan 200 Vt zaryadlash texnologiyasini taqdim qilgan edi, ammo bu narsa hali bozorga chiqmagan. 

O‘QING: realme 9 Pro+'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz